Jar (chuqurlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jar — vaqtinchalik oqar suvlar yerni oʻyib yuvib ketishidan hosil boʻladigan turli kattalikdagi chuqurlik. J. asosan, yumshoq jinslar (lyoss, lyossimon qumoq)dan tuzilgan baland tekisliklarda, togʻ etagi qiyaliklarida koʻp uchraydi. J. oqova va tashlama suvni oqizib qoʻyish, oʻrmonlarni kesib yuborish, agrotexnika qoidalariga xilof yer haydash, tartibsiz mol boqish natijasida ham vujudga keladi. J.ning uzunligi bir necha oʻn km gacha, kengligi va chuqurligi bir necha oʻn m. gacha boʻladi. J.lar, odatda, yuqori qismining oʻyilishi hisobiga oʻsadi, tagi yer osti suviga yetgandan keyin chuqurlashishdan toʻxtaydi. J.lar Oʻrta Osiyoda (Fargʻona vodiysi), Volga boʻyining oʻrmon-dasht va dasht zonalarida, Xitoyning lyossli viloyatlarida, AQSH va tropik mamlakatlarda koʻproq tarqalgan. Ular ekinzorlarni parchalab katta zarar keltiradi. J. koʻpayib ketmasligi uchun daraxtlar oʻtqaziladi, toʻgʻogʻ va toʻsiqlar, tarnovlar, suv omborlari quriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil