Saroy oyim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Saroy oyim madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Tursunmoh oyim binti Jahongirbey devonbegi
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Tursunmoh oyim binti Jahongirbey devonbegi
Asosiy sana:
1817—1818-yillar
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 9 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Saroy oyim madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Saroy oyim madrasasi 1817—1818-yillarda Shayx Jalol guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar davrida, Tursunmoh oyim binti Jahongirbey devonbegi tomonidan bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻishtdan boʻlib, Shayx Jalol mozori yonida bunyod etilgan. Madrasa gʻarbida ariq, shimolida Muhammad Amin valadi oxund mulla Qurbon hovlisi va janubi va sharqida koʻcha mavjud boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa uchun voqif 1817—1818-yillarda Samjan tumanidagi Margʻasun mavzesidagi 297 tanob yerni vaqf qilgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa ushbu vazifani qozi ul-quzzot bajargan. Ushbu vaqf hujjati qozi ul-quzzot Mir Abul Hasanxoja ibn Mir Asomiddinxoja al-Husayniy muhri bilan tasdiqlangan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq yana beshta hujjat saqlanib qolgan. Hujjatlarda madrasada faoliyat olib borgan mudarrislar va ularning maoshi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud. Jumladan mulla Abduxoliq Joʻybori maoshi 35 tilla, mulla Sadriddin maoshi 40 tillani tashkil etgan. Bundan tashqari hujatda madrasada tahsil olgan talabalar nomlari ham keltirilgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 9 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Saroy oyim madrasasi 9 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet.