Saroy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Saroy madrasasi

Saroy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Maqomi saqlanib qolmagan

Saroy madrasasi — Qarshi madrasasi. Saroy madrasasi Qarshining qadimiy madrasalaridan biri edi. Tarixiy manbalarda kam boʻlsada, u toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Janob „I. M.“ oʻz kundaliklarida Saroy madrasasini qadimiy va eski madrasalar qatorida koʻrsatib oʻtadi. Madrasa faoliyatiga oid yana ikkita hujjat saqlanib qolgan boʻlib, ulardan biri Buxoro amiri Amir Muzaffarxon hukmronligining oxirlari (1885—1886) va amir Abdulahadxon endigina oʻz faoliyatini boshlagan paytlarga toʻgʻri keladi. Nasaf qozisi mulla Mir Maslahaddin oliy hukmdorga: „Qozi guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Qavomiddin Saroy madrasasiga dars berish uchun oʻtgani sababli uning oʻrni boʻsh qoldi, deb murojaat qiladi. Ikkinchi hujjat ham mudarris mulla Qavomiddin bilan bogʻliq. "Abdullaxon madrasasi imomi va pishiq gʻishtdan qurilgan Qarluqxona madrasasi mudarrisi mulla Mansur xoja Saroy madrasasi mudarrisi mulla Qavomiddin vafot etgani tufayli, uning oʻrniga oʻtishdan umidvor boʻlib, hazrati oliyni duo qilgay. Ushbu madrasa mudarrisi maoshi 350 tangadan iboratdir“ - deb yozilgan[1]. Ushbu hujjat 1891—1892-yillardan keyin yozilgan. Shu tariqa Saroy madrasasining ikki nafar mudarrisi nomi bizga maʼlum boʻldi. Sovet inqilobining fojilari orasida Saroy madrasasi ham butunlay yoʻqolib ketadi. Madrasada mudarrislar tomonidan dars oʻtilgan. Saroy madrasasi har bir hujrasida ikki nafardan talaba istiqomat qilgan[2]. Madrasa Qoʻqondagi koʻhna inshootlardan biri hisoblanadi.

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639 bet.