Sarimsoq sousi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaytun bilan Aioli

Sarimsoq sousi asosiy tarkibiy qismi sarimsoqdan iborat bo‘lgan sous. Sarimsoq odatda ezilgan yoki mayda to‘gʻralgan shaklda ishlatiladi. Oddiy sarimsoq sousi sarimsoq va moy, sariyog‘ yoki mayonez kabi mahsulotlardan tayyorlanadi. Sousni tayyorlash uchun turli xil qoʻshimcha ingredientlardan foydalanish mumkin.

Sarimsoq sousi bishftek, baliq, dengiz mahsulotlari, qoʻy goʻshti, pirzola, tovuq, tuxum va sabzavotlar kabi ko‘plab taomlarga maza qoʻshish uchun ishlatilishi mumkin. Doner kabob uchun ziravor sifatida ham ishlatiladi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agliata[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doner kabobda ishlatiladigan sarimsoq sousi

Agliata — italyan oshxonasida qovurilgan yoki qaynatilgan goʻsht, baliq, sabzavotlarga taʼm berish va ularga hamrohlik qilish uchun ishlatiladigan mazali va oʻtkir sarimsoq sousi. Birinchi marta Qadimgi Rimda tasdiqlangan va Liguriya oshxonasining bir qismi boʻlib qolmoqda[1].

Aioli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aioli — sarimsoq va zaytun moyidan tayyorlangan Oʻrta yer dengizi sousi[2]. Sous nomi katalon va provans tillarida „sarimsoq va moy“ degan maʼnoni anglatadi.

Filfil chuma[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filfil chuma — Liviya yahudiylarining sevimli qaylasi bo‘lib, shirin, achchiq qalampir kukuni, maydalangan sarimsoq va ziradan tayyorlanadi.

Asal sarimsoq sousi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asal sarimsoq sousi bilan tovuq qanotlari

Asal sarimsoq sousi Kanadada mashhur boʻlgan shirin va nordon sous. Asal sarimsoq sousi tovuq qanotlari, qovurgʻalar[3] va mol goʻshti kabi boshqa ovqatlar bilan birga isteʼmol qilinadigan asosiy qaylalardan biri[4].

Mojo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuba oshxonasida mojo sarimsoq, zaytun moyi yoki choʻchqa yogʻi va anʼanaviy achchiq apelsin sharbati boʻlgan tsitrus sharbati bilan tayyorlanadi[5][6]. U odatda kassavaga taʼm berish va qovurilgan choʻchqa goʻshtini marinadlash uchun ishlatiladi[7]. Oreganosiz sous odatda „mojito“ deb ataladi va qovurilgan kassava (yuca) uchun ishlatiladi. Choʻchqa goʻshtini marinadlash uchun achchiq apelsin sharbati, sarimsoq, oregano, zira va tuz aralashmasi ishlatiladi.

Mujdei[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mujdei — Ruminiya oshxonasidagi achchiq sous[8]. Kungaboqar yogʻi qaylaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Smetana ham qoʻshilishi mumkin.

Skordaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skordaliya (markazda ramekin ichida) sabzavot va pita bilan

Skordaliya — yunon oshxonasining quyuq qaylasi[9]. Koʻpincha tarkibiga sirka qoʻshiladi.

Taʼleya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼleya — Misr oshxonasida sarimsoqni Ghee bilan qovurib, keyin koriander va chilli qoʻshib tayyorlanadi. Bamiya va kosharga maza qoʻshish uchun ishlatiladi.

Tarator[tahrir | manbasini tahrirlash]

U tahini, limon sharbati va sarimsoqdan tayyorlanadi. U birinchi marta Katta Suriya hududida dehqonlari tomonidan tayyorlangan. Keyinchalik Finikiyaliklar tomonidan Pireney yarim oroliga olib kelingan. U yerdan sous Janubiy Fransiya hududiga tarqalgan. Tarator „Koʻrfazdagi arab mamlakatlari oshxonasining ajralmas qismi“ deb taʼriflangan.

Toum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toum — Levant hududida keng uchun keng tarqalgan quyuq sarimsoq sousi[10]. U ezilgan sarimsoq, tuz, zaytun moyi yoki oʻsimlik moyi va limon sharbatidan tayyorlanadi[10].

Shirin chili sarimsoq sousi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubi-Sharqiy Osiyo oʻylab topilgan bu qaylaning asosiy tarkibiy qismlariga qizil qalampir, sarimsoq, sirka vashakar siropi. Odatda sousga joʻxori kraxmal kabi quyuqlashtiruvchi moddalar qo‘shiladi[11].

Tzatziki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sous Gretsiyada paydo boʻlgan, u ezilgan sarimsoq, maydalangan bodring va yogurtdan tayyorlanadi. Ayniqsa Bolqon hududida mashhur. Bolgariyada „sux tarator“ deb ataladi.

Yogurt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy sarimsoq sousini yogurt, mayonez yoki qaymoqqa maydalangan yoki ezilgan sarimsoq qoʻshib tayyorlash mumkin. Qoʻshimcha taʼm berish uchun limon sharbati, tuz, qalampir va arpabodiyon kabi ziravorlardan foydalaniladi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „PORRATA: Vocabolario della Crusca, Firenze - 4° edizione (1729-1738)“.
  2. Goodman, M.. Food to Live by: The Earthbound Farm Organic Cookbook. Workman Pub., 2006 — 224 bet. ISBN 978-0-7611-4389-5. 2017-yil 29-iyulda qaraldi. 
  3. Richard, S.. Dinner Survival: The Most Uncomplicated, Approachable Way to Get Dinner to Fit Your Life, Cooking for the rushed. Simon & Schuster, 2009 — 74 bet. ISBN 978-1-4165-4364-0. 
  4. Mintz. „How I learned to butcher a piggy for market“. thestar.com (2016-yil 6-aprel). Qaraldi: 2016-yil 19-aprel.
  5. Books, Madison. 1001 Foods To Die For. Andrews McMeel Publishing, 2007 — 385 bet. ISBN 978-0-7407-7043-2. 2017-yil 29-iyulda qaraldi. 
  6. Albala, K.. Food Cultures of the World Encyclopedia [4 volumes]: [Four Volumes]. ABC-CLIO, 2011 — 1-PA94 bet. ISBN 978-0-313-37627-6. 2017-yil 29-iyulda qaraldi. 
  7. Steve Otto. „Cuban Is Ours, Any Way You Try To Slice It“. The Tampa Tribune (2007-yil 24-oktyabr). 2009-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Planet, L.. Lonely Planet Romania & Bulgaria, Travel Guide. Lonely Planet Publications, 2017 — 593 bet. ISBN 978-1-78701-066-6. 2017-yil 29-iyulda qaraldi. 
  9. Wright, C.A.. Mediterranean Vegetables: A Cook's ABC of Vegetables and Their Preparation in Spain, France, Italy, Greece, Turkey, the Middle East, and North Africa with More Than 200 Authentic Recipes for the Home Cook. Harvard Common Press, 2001 — 170 bet. ISBN 978-1-55832-196-0. 2017-yil 29-iyulda qaraldi. 
  10. 10,0 10,1 Kapur, K.. A Chef in Every Home: the complete family cookbook. Random House Publishers India, 2014 — pt90 bet. ISBN 978-81-8400-555-4. 2017-yil 29-iyulda qaraldi. 
  11. Lee Kum Kee USA.