Javzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Javzo — 1) zodiak yulduz turkumlarining biri. Belgisi Gem (lot. Gemini). Osmon gumbazining Shim. yarim sharida Saraton va Savr yulduz turkumlari Oralarida joylashgan. Eng yorugʻ yulduzlari Kastor (2-kattalikda) va Polluks (1-kattalikda). J.ni kuz, qish va bahor paytlarida kuzatish mumkin;

2) hijriy-shamsiy yil hisobining uchinchi oyi. Eron kalendarida J. 1925-yilgacha ishlatilgan. Afgʻon kalendarida 1911-yildan koʻllaniladi. J. 31 kundan iborat boʻlib, birinchi kuni 21—22 mayga toʻgʻri keladi (yana q. Burj).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil