Asad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asad (fors– sher, o‘zb.– arslon) – 1) 12 burj (zodiak)ning 5-yulduz turkumi, belgisi IR.. 4 ta eng ravshan yulduzi hosil qilgan trapesiya orqali uni osongina topish mumkin. Ulardan biri Regul 1,3-kattalikdagi zangori yulduz. Umumiy maydoni 947 kv. daraja. Qish va bahorda o‘rta kengliklarda osmonning janubiy qismida ko‘rinib turadi;

2) Navro‘zning birinchi kunidan boshlab hisoblanadigan shamsiy taqvim (kalendar)ning 5-oyi nomi; 21 avgustdan 21 sentabrgacha davom etadi. A. ki-rishi bilan ob-havoda muayyan o‘zgarishlar yuz beradi. A. yaxshi kelgan yillari o‘rtacha harorat saratondatja nisbatan atigi 2 – 4 daraja past bo‘ladi. Ba’zi yillarda A. chiqishidan 4 – 6 kun oldin albatta kuchli shamol esishi va durustgi-na yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. A. oyida chashmalarda suv kamayadi, daryolar suvi aksincha ko‘payadi. Qushlar birin-ketin issiq mamlakatlarga uchib ketish taraddudiga tushadi. Dehqonchilikda ekinlar asosan shu oyda o‘sib rivojlanadi. "Asad – ekiningni yasat" degan xalq maqoli bejiz ishlatilmagan. Ayniqsa, g‘o‘zaga ko‘p ishlov berib, uni qondirib sug‘orish kerak bo‘ladi.Ad.: Narziqulov A., Dehqon taqvimi, T., 1990.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil