Sanjar Saʼdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sanjar Saʼdulleyev
Санжар Саъдуллеев
Tavalludi 10-iyul 1954-yil
Vafoti 4-dekabr 2021-yil(2021-12-04)
(67 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Rejissyor, dublyaj aktyori

Sanjar Saʼdullayev (10-iyul, 1954-yil, Toshkent — 4-dekabr, 2021-yil, Toshkent) — taniqli oʻzbek dublyaj aktyori, „Yoshlar“ telekanalida rejissyori[1]. Muxlislar orasida „sirli aktyor“ nomi bilan tanilgan. Sababi, u ayrim sanʼat sohasidagi insonlardan farqli ravishda, intervyu bermagan, kameralar qarshisiga chiqmagan va oʻzini ommadan uzoq tutishga harakat qilgan[2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanjar Saʼdullayev 1954-yil, 10-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat teatr va saʼnat institutining drama va kino aktyorligi boʻyicha taʼlim olgan[3][4].

Umri davomida 1000 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. Xususan, „Qish sonatasi“ (Junsang), „Qashqirlar makoni“ (Poʻlat Alamdar), „Soʻyla, Qoradengiz“ (Vedad), „Sevgi iztirobi“ (Kamol), „Ichkarida“ (Komissar Yusuf, Sarp, Hasan qizil yonoq), „Devor“, „Ishkomli uy“, „Esmeralda“, „Ishq rishtasi“ „Vira va Zara“ kabi kino va seriallardagi bosh qahramonlar obrazini gavdalantirgan[5][6][7][8].

Qolaversa, u doimiy ravishda hindistonlik aktyor Shah Rukh Khanga ovoz berib kelgan[9][10][11][12][13][14].

Muxlislari Saʼdullayevni nafaqat filmlar dublyajidagi ovozi balki, monolog va sheʼrlar oʻqishi orqali ham yaxshi bilishadi. Shuningdek, Saʼdullayev faoliyati davomida bir muddat „Yoshlar“ telekanalida ham rejissyor sifatida faoliyat yuritgan[1]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saʼdullayev 2021-yil, 4-dekabr kuni Toshkent kasalxonalaridan birida, tongda vafot etdi. Janoza „Minor“ masjidida oʻqilishi aytilingandi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Taniqli dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi“. ogoh.uz (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi“. daryo.uz (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  3. „Taniqli dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi“. uzreport.news (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  4. „Mashhur dublyaj aktyori Sanjar Sa'dullayev vafot etdi“. oyina.uz. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  5. „"Dublyaj qiroli" Sanjar Saʼdullayev vafot etdi“. oz.sputniknews-uz.com (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  6. YouTube logotipi Sanjar Sadullayev vafot etdi. Shohruhxon ovozsiz qoldi. O'zbek dublyajida judolik uztv uz tv YouTubeda
  7. „Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi“. perepost.uz. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  8. „Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi“. interfax.uz. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  9. „Dublyaj aktyori Sanjar Sa’dullayev vafot etdi“. gazeta.uz (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  10. „Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi“. qalampir.uz (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  11. „Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi“. xabar.uz (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  12. „Taniqli dublyaj aktyori Sanjar Sa'dullayev vafot etdi“. kun.uz (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  13. „Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi“. sof.uz (2021-yil 4-dekabr). 2023-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  14. YouTube logotipi Taniqli dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayevni xotirlab YouTubeda

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sanjar Saʼdullayev haqida yaqinlari bergan intervyu 1-qism, 2-qism