Samarqand (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarqand
Muallif(lar) Amin-Maaluf
Mamlakat Fransiya
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman,
Nashr etilgan sanasi 1988-yil 1-mart
Sahifalar soni 276
ISBN 2-7242-4133-9

Samarqand ( fransuzcha: Samarcande), asli livanlik fransuz yozuvchisi Amin Maaluf tomonidan yozilgan. Asar 11-asrda yashagan fors shoiri Umar Xayyom va uning "Ruboiylar" sheʼriy toʻplami atrofidagi tarixiy fantastik roman. Roman Maison de la Presse mukofotiga sazovor boʻldi. [1]

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarning birinchi qismi 11-asrda Fors (hozirgi Eron) va Markaziy Osiyo hududida boʻlib, olim, faylasuf va shoir Umar Xayyom atrofida sodir boʻladi. Unda Saljuqiylar imperiyasi hukm surayotgan tarixiy bir davrda Xayyomning ruboiylari yaratilishi, shoirning saltanat vazir Nizomulmulk hamda hashshoshiylar firqasi asoschisi Hasan ibn Sabboh kabi tarixiy shaxslar bilan muloqotlari va Buxoro shoira Jahon bilan ishqiy munosabati haqida hikoya qilinadi.

Asarning ikkinchi qismida Benjamen Umar Lessaj ismli xayoliy amerikalikning Erondagi va u bilan bogʻliq sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asar qahramoni 1905-1907-yillardagi Fors Konstitutsiyaviy inqilobi davomida Fors tarixiga guvoh boʻlgan Umar Xayyom ruboiylarining (xayoliy) asl nusxasini qoʻlga kiritadi va uni RMS Titanic kemasi bilan birga choʻkib ketishiga sababchi boʻladi.

Asar haqida fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokistonlik jurnalist Ahmad Rashid Britaniyaning The Independent gazetasida kitob haqida quyidagi yozdi: [2]

Maaluf g‘ayrioddiy asar yozgan bo‘lib, kitobda avvallari hech qachon badiiy adabiyotda paydo bo‘lmagan va bundan keyin ham paydo bo‘lishi dargumon odamlarning hayoti va davri tasvirlangan. Kitob oddiy tarixiy romandan ko'ra ko'proq ish hisoblanadi. Asar sharqona gilamning murakkab kashtasi kabi yuz yillar davomida oldinga va orqaga to‘qib, so‘fiylik o‘tmishining she’riyati, falsafasi va ishtiyoqini modernizm bilan bog‘laydi.

Oʻzbekcha tarjimasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand romani fransuz tili mutaxassisi va tarjimon Abdumurod Koʻchiboyev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Romanning 1-qismi oʻzbek tilida "Jahon adabiyoti" jurnalining 2003-yil 6-7-sonlarida, ikkinchi qismi esa ayni jurnalning 2005-yil 7-8-sonlarida chop etilgan. Samarqand romani uchun muallif Amin Maaluf 2018-yil oktabr oyida Oʻzbekistonning Parijdagi elchixonasida Samarqand shahrining faxriy fuqarosi deb topilgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Prix Maison de la Presse: Historique depuis 1970“ (French). sndp.fr. Syndicat National des Dépositaires de Presse. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
  2. Rashid. „Poetry lovers tricked by a drowned manuscript: Samarkand“. The Independent (22-sentyabr 1992-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
  3. „Amin Maaluf: “Samarqand sayqali roʻyi zamin ast!”“. Xalq so'zi online (10-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 8-aprel 2023-yil.