Salvatore „Sal“ Zizzo Jr.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salvatore Zizzo Jr. (inglizcha: Salvatore "Sal" Zizzo Jr.) 1987-yil 3-aprelda AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Diego hududida tavallud topgan.

Salvatore „Sal“ Zizzo Jr. Futbol
Zizzo v sostave „Nyu-York Red Bullz“ (2015 god)
Zizzo „New York Red Bulls“ tarkibida (2015-yil)
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Salvatore „Sal“ Zizzo Jr.
Tugʻilgan 3-aprel 1987-yil(35 yosh)
San-Diego, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi Flag SShA AQSh
Flag Italii Italiya
Boʻyi 178 sm
Vazni 77 kg
Pozitsiya yarim himoyachi
Yoshlik klublari
Flag SShA Hotspurs USA
0000—2005 Flag SShA Patrick Henry High School
2005—2006 Flag SShA UCL Bruins
Kluublardagi faoliyati
2006—2007 Flag SShA Orange County Blue Star 13 (5)
2007—2010 Flag Germanii Gannover 96 7 (0)
2009 Flag Germanii Fortuna (Dyusseldorf) 0 (0)
2010 Flag SShA Chivas USA 10 (0)
2011—2013 Flag SShA Portland Timbers 60 (2)
2014 Flag SShA Sporting Kansas City 19 (0)
2015—2017 Flag SShA New York Red Bulls 73 (0)
2018 Flag SShA Atlanta United 6 (0)
2018 Flag SShA Atlanta United 2 1 (0)
2020—2021 Flag SShA San Diego Loyal 19 (0)
Terma jamoa safida
2007 Flag SShA AQSh (U20) 5 (0)
2008 Flag SShA AQSh (olimp.) 2 (0)
2007 Flag SShA AQSh 1 (0)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Zizzo amerikalik futbolchi boʻlib, maydonda himoyachi vazifasini bajargan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zizzo „Portlend Timbers“ libosida

Maktabda boʻlganida, Zizzo futbol va beysbol oʻynay boshlagan. Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetiga oʻqishga kirganidan soʻng u institutning futbol jamoasiga qoʻshilgan[1]. Zizzo 2006 va 2007-yillarda USL PDLning „Orange County Blue Star“ jamoasida ham oʻynagan[2].

2007-yilda yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng Zizzo Germaniyaning „Hannover 96“ klubi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2008-yilning 10-mayida u Bundesligadagi debyutini „Verder“ga qarshi o‘tkazdi[4]. Yuqori raqobat tufayli Zizzo asosan zaxira oʻrindigʻida oʻtirgan. 2009-yilning yozida u „Fortuna Dyusseldorf“ga ijaraga oʻtgan[5][6].

2010-yil 21-iyulda Zizzo o‘z vataniga qaytib, AQShning „Chivas“ jamoasiga qo‘shilgan[7]. 22-avgust kuni „Dallas“ga qarshi oʻyinda u MLS (Major liga soccer — Oliy futbol ligasi)da debyut qildi[8].

2011-yil 15-fevralda Zizzo „Portlend Timbersga“ tarkibiga qoʻshilgan[9]. 26-mart kuni KanadaningToronto“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida debyut qilgan[10][11]. 2012-yil 15-avgustda Zizzo MLSdagi ilk golini „Toronto“ darvozasiga kiritdi.

2013-yil 13-dekabrda uchun „Sporting Kansas City“ safiga qoʻshilgan[12][13]. 2014-yilning 8-martida „Sietl Saunders“ga qarshi oʻyinda Sal yangi jamoada debyut qildi[14]. 23-sentabr kuni KONKAKAF Chempionlar ligasining 2014/15-yilgi mavsumida Nikaraguaning „Real Esteli“ jamoasiga qarshi oʻyinda Zizzo „Sporting Kansas City“ safida ilk golini urdi[15].

2019-yilning 21-mayida Sal Zizzo futboldagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qilgan[16].

2019-yil 11-dekabrda Zizzo o‘z faoliyatini davom ettirdi va „San-Diego Loyal“ning yangi USL chempionati franshizasining birinchi o‘yinchisiga aylandi[17]. 2020-yil 7-martda u klubning „Las-Vegas Lights“ga qarshi debyut uchrashuvida ishtirok etdi[18]. 2021-yilgi mavsum oxirida Zizzo futboldagi faoliyatini yakunlaganini yana eʼlon qildi[19].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Zizzo AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Kanadada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida chorak finalga chiqdi[20]. Oʻsha yilning 22-avgustida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sal ikkinchi boʻlimda Damarkus Bisli oʻrniga AQSh terma jamoasida debyut qildi[21]. U olimpiya terma jamoasida ham oʻynagan, ammo 2008-yilgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etmagan.

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Mamlakat Yillar
UCLA Bruins AQSH bayrogʻi AQSh 2005 - 2006
Orange County Blue Star AQSH bayrogʻi AQSh 2006 - 2007
Hannover 96 Germaniya 2007 - 2009
Fortuna Düsseldorf Germaniya 2009
Hannover 96 Germaniya 2010
Chivas USA AQSH bayrogʻi AQSh 2010
Portland Timbers AQSH bayrogʻi AQSh 2011 - 2013
Sporting Kansas City AQSH bayrogʻi AQSh 2014
New York Red Bulls AQSH bayrogʻi AQSh 2015 - 2017
Atlanta United AQSH bayrogʻi AQSh 2018
Atlanta United 2 AQSH bayrogʻi AQSh 2018
San Diego Loyal SC AQSH bayrogʻi AQSh 2020 - h.v.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Player Bio: Sal Zizzo“ (en). UCLA Official Athletic Site - UCLABruins.com. 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  2. „Sal Zizzo“ (en). SoccerStats.us. 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  3. „«Ганновер» подписал контракт с 20-летним американцем“. sports.ru (2007-yil 26-iyul). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  4. „Вердер VS. Ганновер 96 6:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 10-may). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  5. „«Ганновер» отдал в аренду американского полузащитника“. sports.ru (2009-yil 3-iyul). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  6. „Zizzo tears ACL, done for season“ (en). american-soccer-news.com (2009-yil 13-oktyabr). 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-may.
  7. „Lottery sends Sal Zizzo to Chivas USA“ (en). MLSsoccer.com (2010-yil 21-iyul). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  8. „Даллас VS. Чивас США 1:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 22-avgust). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  9. „Timbers Acquire Midfielder Sal Zizzo From Chivas USA“ (en). Portland Timbers (2011-yil 16-fevral). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  10. „Торонто VS. Портленд Тимберс 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 26-mart). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  11. „Quotes & Notes - Toronto FC: 2, Timbers: 2 - Aug. 15, 2012“ (en). Portland Timbers (2012-yil 15-avgust). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  12. „Sporting KC send allocation money to the Portland Timbers in exchange for winger Sal Zizzo“ (en). MLSsoccer.com (2013-yil 13-dekabr). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  13. Kurt Austin. „Sporting KC acquires midfielder Sal Zizzo through trade with Portland Timbers FC“ (en). Sporting Kansas City (2013-yil 13-dekabr). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  14. „Сиэтл Саундерс VS. Спортинг Канзас-Сити 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 8-mart). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  15. Kurt Austin. „Recap: Sporting KC wins second straight CCL match with 3-0 victory over Nicaragua's Real Esteli FC“ (en). Sporting Kansas City (2014-yil 23-sentyabr). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  16. Jonathan Sigal. „Sal Zizzo retires from professional soccer, goes out as MLS Cup champion“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 21-may). 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  17. „San Diego Loyal Signs MLS Veteran and San Diego Native Salvatore Zizzo Jr. as Club’s First Player for its Inaugural USL Championship Season“ (en). San Diego Loyal SC (2019-yil 11-dekabr). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  18. „Recap: San Diego Loyal Makes Debut with 1-1 Draw against Las Vegas Lights FC“ (en). San Diego Loyal SC (2020-yil 7-mart). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  19. Samantha Rivera. „Sal Zizzo, San Diego native who was first to sign with Loyal, plans to retire“ (en). FOX 5 KSWB-TV (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  20. „U.S. Head Coach Thomas Rongen Finalizes 21-Player Roster for FIFA Under-20 World Cup“ (en). U.S. Soccer (2007-yil 15-iyun). 2007-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-iyun.
  21. „U.S. Men Fall to Sweden, 1-0, at Ullevi Stadium in First Match on European Soil in 2007“ (en). U.S. Soccer (2007-yil 22-avgust). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 27-sentyabr.