Danfiganket

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Danfiganket, Dinvagikad (soʻgʻdiycha — muqaddas din ibodatxonasining joyi) — oʻrta asrlarga oid shahar oʻrni. Sharq geograflarining maʼlumotiga qaraganda, u Shosh viloyatining markazi Binkatdan 5 farsax (35—40 km) uzoqlikda xalqaro karvon yoʻli ustida joylashgan. D. harobalari hozirgi Niyozboshi qishlogʻi yaqinidagi Yoʻgʻontepa degan joyda joylashgan boʻlib, atrofi devor bilan oʻralgan toʻgʻri burchakli qalʼa va shahristondan iborat. Unda hunarmandlarning katta gu-zari boʻlgan. D. 6—7-asrlarda shahar xoliga kelgan va 9—12-asrlarda gullash davrini boshdan kechirgan. Moʻgʻullarning talonchilik hujumi natijasida 13-asr boshlarida shahar vayronaga aylangan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil