Salibchilarning davlatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salibchilarning davlatlari 12-13 -asrlarda Yaqin Sharq va Anadoluda salibchilar tomonidan tashkil etilgan davlatlardir.

Levant[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi salib yurishidan so'ng to'rtta salibchilar davlati tashkil etilgan edi:

  • Oʻrta Sharqda ilk salibchilar davlati boʻlgan Urfa okrugi 1098-yilda tashkil topgan va 1144-yilgacha mavjud bo'lgan edi. 1098-yil 9-mart kuni salibchilar Urfani Saljuqiy turklardan tortib olishadi. Bu yerda Boduen I (1098 - 1100) «graf» unvoni bilan hukmronlik qiladi. Ikki suloladan to‘rtta hukmdor o‘tgan edi. Shulardan Boduen II (1100-1118) 5 yil turklar qoʻlida asir boʻlib yashaydi.[1]
  • Tripoli grafligi 1104 yilda tashkil topgan bo'lib, 1109-yilda Tripoli musulmonlar qoʻliga oʻtgan boʻlsa-da, graflik 1291-yilgacha saqlanib qolgan edi.
  • Quddus qirolligiga 1099-yilda asos solingan; 1291 yilda Akkaning egallanishi bilan yakunlanadi va Mamluk turklari tomonidan vayron qilinadi. Bu davrda Quddusning turli sulolardan 21 ta qirol hukmronlik qilgan edi. Eng mashhurlari Godfrey de Bouillon (1099-1100) va uning akasi Boduen (1100-1118), ular ayni vaqtda Birinchi va Ikkinchi Salib yurishlarining mashhur arboblari ham edi. Boduen I 1113 yil 28 iyunda turklar tomonidan asirga olinadi.[1]
  • Quddus qirolligida 4 ta lordlik mavjud edi:
    • Celile knyazligi
    • Yaffa va Ashkelon lordligi
    • Sharqiy qirg'oq lordligi
    • Sidon lordligi
  • Kipr Qirolligi : Uchinchi Salib yurishi paytida salibchilar Kipr Qirolligini tuzadilar. U 1192-yildan 1489-yilgacha, ya'ni 297 yil mavjud bo'ladi. 1191 yil 30 mayda Richard I Sheryurak orolni Vizantiyaliklardan tortib oladi. Kiprning birinchi qiroli fransuz Lusignan sulolasidan Guy I (1192-1194) edi. 1426 yildan boshlab bu qirollik Misr Mamluk turk imperiyasining oliy hukmronligini tan oladi. 18 qirolning hukmronligidan keyin venetsiyaliklar orolni egallab olishadi.[1] Orol keyinchalik Tamplyer ordeni ritsarlariga beriladi.

Bolqon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lotin imperiyasi va unga vassal hududlar, taxminan 1204-yil.

To'rtinchi salib yurishidan keyin Vizantiya imperiyasining hududlari ko'plab davlatlarga bo'linib ketadi. Shundan so'ng "Frankokratiya" (Φραγκοκρατία) davri boshlanadi:

  • Lotin imperiyasi Konstantinopolda tashkil etiladi va Vizantiya imperatori Iznikga ketishga majbur bo'ladi.
  • Saloniki qirolligi
  • Afina gersogligi
  • Peloponnes knyazligi
  • Kefaloniya knyazligi
  • Naxos gersogligi (Pelagos) Egey dengizida venetsiyaliklar tomonidan tashkil etilgan edi.

Saloniki va Lotin imperiyasi 1261 yilda Vizantiyaliklar tomonidan qayta bosib olinadi. Biroq, Afina va Peloponnes XV asrgacha salibchilar qo'lida qoladi. Keyinchalik Usmonlilar qo'liga o'tadi.

Gʻarbiy Anadolu va boshqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ioniy ritsarlar 1310 yilda Rodosga joylashadilar, ammo 1522 yilda Usmonlilar tomonidan Maltaga haydab chiqiladi.
  • Usmonlilar Meis orolini 1440-1450 yillar oralig'ida o'z qo'llarida ushlab turadilar. Keyinchalik esa Neapol Qirolligi va Venetsiya Respublikasining qo'liga o'tadi. 1686-yilda orol yana Usmonlilar hukmronligi ostiga o'tadi.
  • Anadoluda Izmir (1344-1402), Antaliya (1361-1373) va Bodrum (1412- ...) vaqtinchalik Ioaniy ritsarlarining qo'lida qoladi. Bundan tashqari Egey orollari hisoblangan Korinf (1397-1404), Salona (Amfissa; 1407-1410), Ikariya (1424-1521) va İstanköy (1215-1522) Ioniy ritsarlarining qo'lida qolgan edi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Türk Ansiklopedisi 18.Cilt. Ankara: Milli Eğitim Basımevi, 1970 — 291 bet.