Rodos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orolning manzil

Rodos (grekcha: Ρόδος) — oʻrtadengizning sharqiy qismidagi orol, Janubiy Sporada arxipelagida. Kichik Osiyo yarim oraldan 18 km, Yunoniston hududi. Maydoni 1404 km². Qirgʻoqlari kam parchalangan. Eng baland joyi 1215 m (Ataviros togʻi). Asosan, ohaktosh va marmardan tuzilgan. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, butazorlar uchraydi. Sohilboʻyi payettekisliklarida tokzorlar, bogʻlar, sitrus mevalar plantatsiyalari, zaytunzorlar bor. Baliqovlanadi. Turizm rivojlangan. Kurort koʻp. Yirik shahri — Rodos. R. — egey madaniyati markazlaridan. Oʻrta asr yodgorliklaridan Vizantiya ibodatxonalari (11 — 15-asrlar), musulmonlar meʼmorligi obidalari (16— 19-asrlar) saqlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil