Sabzi sho‘rvasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sabzi shoʻrvasi ― sabzi asosiy tarkibiy qism hisoblanagan shoʻrva. Bu pyure-shoʻrva yoki suyuq shoʻrva sifatida tayyorlanishi mumkin. Pishirishda sabzavot, don va boshqa ingredientlardan foydalaniladi[1]. Issiq yoki sovuq holda tortish mumkin. Sabzi shoʻrvasi klassik fransuz taomlari hisoblanadi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sabzi shoʻrvasi qaymoqli shoʻrva yoki sabzavot yoki tovuq bulyoniga asoslangan suyuq shoʻrva sifatida tayyorlanishi mumkin[2][3]. Taomda kartoshka, sholgʻom, sarimsoq, piyoz, shalot piyoz va boshqa sabzavotlar ham ishlatilishi mumkin. Sabzi va apelsin sharbati ham uni tayyorlashda ishlatilishi mumkin, baʼzi versiyalar sabzi pyuresi yordamida tayyorlanadi. Shoʻrvaning rangi ishlatilgan sabzi rangiga qarab farq qilishi mumkin. Yosh sabzi shoʻrvani shirin qiladi va unga yorqin toʻq sariq rang beradi, kattaroq, eskiroq sabzi esa kamroq shirin va ochroq sariq rangga ega boʻlishi mumkin. Ayrim sabzi shoʻrvalari kokos suti, kokos suvi, kokos kremi, kokos yogʻi yoki kokos boʻlaklari bilan tayyorlanadi[4]. Bundan tashqari, zanjabil, muskat yongʻogʻi va karrini[5] oʻz ichiga olgan versiyalari mavjud. Sabzining yashil barglari (tepalari) taomning tarkibiy qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Baʼzi turlarida maydalangan yalpiz barglaridan foydalaniladi. Baʼzan yogurt, yogurt sousi, yangi qaymoq, smetana qoʻshiladi[6]. Xushboʻylik uchun shoʻrvaga apelsin qobigʻi, arpabodiyon, sabzi barglari, sarimsoq va boshqa yangi toʻgʻralgan koʻkatlar qoʻshiladi. Shoʻrva grenka va tost non bilan beriladi. Sabzi shoʻrvasi vegan taom sifatida va bisk shoʻrva sifatida ham tayyorlanishi mumkin.

Buyuk Britaniyada sabzi shoʻrvasining maxsus turi — yirik toʻgʻralgan yoki maydalangan sabzi, sarimsoq va koriandr urugʻidan (kashnich) shoʻrva[7][8][9][10] tayyorlanadi.

Fransuz oshxonasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sabzi shoʻrvasi yoki potaj Kresi (fransuzcha: Potage de Crécy, Potage Crécy, Potage à la Crécy, Purée à la Crécy and Crème à la Crécy) fransuz oshxonasida „klassik“ va „mashhur“ taom sifatida tavsiflangan[11][12]. Potaj — quyuq konsistensiyaga ega shoʻrva turi. Potage Crécy nomi Fransiyaning shimolidagi Crecy-en-Ponthieu kommunasi sharafiga qoʻyilgan va oʻsha mamlakatda eng mazali sabzi yetishtirilgan[13].

Fransuz oshxonasida Kresi shoʻrva odatda guruch bilan tayyorlanadi, uni garnir sifatida ham berish mumkin. Guruch, arpa (arpa yormasi) taomni quyuqlashtirish uchun ingredient sifatida ishlatilishi mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edward VII (Buyuk Britaniya qiroli 1901-1910) har yili 26-avgustda 1346-yilgi Kresi jangini xotirlash uchun va inglizlarga jangda boshchilik qilgan ajdodi Edward Qora shahzoda sharafiga Kresi shoʻrvasini isteʼmol qilgan[14]. Bundan tashqari, jang tugagandan soʻng, ingliz askarlariga Kresi[15] sabzisidan shoʻrva berilganligi taxmin qilingan.

Avstriyalik shifokor va pediatr Ernst Moreau antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan diareyaga qarshi samarali ekanligi isbotlangan professor Moreauning sabzi shoʻrvasini ixtiro qildi[16]. Uzoq vaqt davomida pishirilganda, sabzi bakteriyalarning toʻplanishiga toʻsqinlik qiluvchi shakar molekulalarini chiqaradi[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Multivarka. 1000 luchshix reseptov. Bistro i polezno. / (avt.sost. — Vecherskaya I.) — ZAO Tsentrpoligraf, 2014.
  2. Glinyanie gorshochki. Blyuda iz ovoщey i gribov / (sost. S. P. Kashin). — M.: Pipol Klassik, 2014. — S. 15.
  3. Morkovniy sup-pyure
  4. Morkovniy sup-pyure s kokosovim molokom
  5. Treer G. M. Supi. M.: PIPOL Klassik, 2013. — 256 s. — S. 181.
  6. Dieticheskiy morkovniy sup s yogurtom
  7. „Carrot and coriander soup“. The Telegraph (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
  8. „Carrot and coriander soup“ (en-GB). goodtoknow. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  9. Luchshie resepti vkusneyshix blyud za 5 minut / (avt-sost. G. M. Treer). — M.: Pipol-klassik, 2010. — 256 s. — S. 78.
  10. Yuliya Visotskaya. Yedim doma krugliy god. — M.: EKSMO, 2011. — S. 198.
  11. Shulman, Martha Rose Pureed Carrot Soup Recipe. (January 22, 2009). The New York Times. Retrieved December 6, 2015.
  12. The Oxford Companion to Food, Oxford Companions. OUP Oxford, 2006 — 531–532 bet. ISBN 978-0-19-101825-1. 6-dekabr 2015-yilda qaraldi. 
  13. Dyuma, A. Luchshie resepti. (sost., per. s fr. Olesya Gievskaya). — M.: Mann, Ivanov i Ferber, 2014. — S. 54.
  14. The Circle and Success Magazine. Funk & Wagnalls Company. 1908. p. 117.
  15. Smith, H. (1900s). The Master Books of Soups. London: Spring Books. p. 170
  16. „Professor Moroʻs carrot soup (Article in German)“. 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  17. Martin Ryutter. Idealnaya sobaka ne vigulivaet xozyaina. Kak vospitat sobaku bez vrednix privichek. — EKSMO, 2018