Smetana
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Smetana (ruscha: Сметана) — suyuq qaymoqqa ivitqi — sut achitqi bakteriyalari qoʻshib tayyorlanadigan mahsulot. Sut zavodlarida yogliligi 10, 20, 25, 30, 36 va 40% boʻlgan S. ishlab chiqariladi. Suyuq qaymoq 85—95° haroratda pasterizatsiyalanadi, soʻngra 25—27° ga qadar sovitib tomizgi solinadi, ivitish 14—16 soat davom etadi. Ivigan S. 2—8° ga qadar sovitiladi va yetilishi uchun 24—28 soatgacha saqlanadi. S. tarkibida sut yogʻidan tashqari oqsil, sut qandi, organik kislotalar, mineral tuzlar, shuningdek, A, Ye, V,, V2, S va RR vitaminlari mavjud. S.ning kaloriyaliligi tarkibidagi sut yogʻining miqdoriga bogʻliq.
Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |