Sabzi sharbati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
4 dona sabzidan tayyorlangan sabzi sharbati

Sabzi sharbati – sabzidan tayyorlanadigan ichimlik.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir quti pecheniye va bir stakan sabzi sharbati. Tabriz, Eron, Ozarbayjon

Sabzi sharbati A vitaminining manbai hisoblanib, tarkibida koʻproq betta-karotin, folat va B vitaminlari kompleksi tutadi. Mikroelementlardan kalsiy, mis, magniy, kaliy, fosfor va temir koʻp miqdorda boʻladi. 454 gr sabzidan bir bakal sharbat olinadi. Sabzi oʻzagining qattiqligi sababli undan olinadigan sharbat apelsin va olma mevalariga nisbatan kam miqdorda boʻladi. Jarayon davomida sabzini oʻzagidan ajratish ishning eng qiyin qismi hisoblanadi[1].

Dorivorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sabzi sharbati tarkibidagi betta-karotin moddasi terining koʻrinishiga taʼsir qilish xususiyatiga ega boʻlib, teri rangini toʻq sariq ranga oʻzgartira oladi. 24 kunda 3 stakandan koʻproq sabzi sharbati ichish tavsiya qilinadi[2]. Sabzi sharbatida konsentrlangan sabzi mazali tamga ega boʻladi va asosan sogʻliqni yaxshilash uchun isteʼmol qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga qayla sifatida ham sabzi sharbati qoʻshiladi. Amerikada sabzi sharbatidan pishloqni quyuqlashtirish va rang berish maqsadida foydalaniladi.

Ozuqa tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh qishloq xoʻjaligi departamenti maʼlumotlari boʻyicha ozuqaviy qiymat quidagicha tuzilgan[3]:

Koloriya tarkibi: 40 kkal

Protein: 0.95 gr

Yogʻ: 0,15 gr

Uglevodlar: 9,28 gr

Xun tolalari: 0,8 gr

Xolesterin: 0 mg.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kristin Mortensen. „Toxicity of Carrot Juice“. Livestrong.com. Retrieved 5 May 2015.
  2. eMedicine – Carotenemia : Article by Robert A Schwartz
  3. „FoodData Central“. fdc.nal.usda.gov. 2019-04-01. Retrieved 21 February 2021.