Sabrina Vega

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sabrina Vega

Sabrina Vega Gutiérrez 2015-yilda
Mamlakat Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Tugʻilishi 28-fevral 1987-yil
Las Palmas, Ispaniya
Saravha

Xalqaro magistr

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

 

Sabrina Vega Gutierrez (1987-yil 28-fevralda Las-Palmasda tugʻilgan) — ispan shaxmatchisi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Opa-singillar Belinda (chapda) va Sabrina Vega (oʻngda) 2019-yilgi Andorra ochiq oʻyinidagi ishtiroki

1996-yildan 2007-yilgacha Sabrina Vega turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida faol ishtirok etgan. U Mondariz (2005—2006-yillar), Lorse (2007) va La Massana (2007)da ayollar grossmeysteri normasini bajardi.[1] Vega ketma-ket ikki marta 2013 va 2014-yillarda Belgrad shaxmat turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalini qoʻlga kiritdi.[2][3]

Vega Ispaniya terma jamoasi safida umumiy yettita shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan, jumladan, 2004, 2008—2016-yillar oraligʻida Ispaniya shaʼnini himoya qilgan.[4] Shuningdek, Sabrina Vega Ispaniya terma jamoasi safida jami oltita Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida ishtirok etgan (2005—2015-yillar davomida).[5]

U 2008, 2012 va 2015-yillarda ayollar oʻrtasida Ispaniya chempionatida gʻolib boʻlgan.[6] 2016-yilda esa Mamaia shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa individual chempionatida Vega kumush medalga loyiq koʻrildi.

2020-yilda boʻlib oʻtgan Ispaniya chempionatida Sabrina gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu uning ispan chempionatlari orasidagi yettinchi ishtiroki boʻldi.[7]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta singlisi Belinda Vega Gutierrez Sabrinadan muvaffaqiyatga erisha boshlaganidan bir necha yil oʻtgach shaxmat oʻynashni boshlagan. Belinda Vega ham Sabrina singari FIDE xalqaro ayol ustasi unvoniga erishgan.[8] Opa-singil Vegalar Ispaniya terma jamoasida birgalikda dona surishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]