Saboxon Karimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saboxon Karimova (1917.8.1, Qoʻqon — 1988.7.7, Toshkent) — aktrisa, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1932— 56 yillar Qoʻqon teatrida, 1957—80 yillar Hamza teatrida ishlagan. K. qajvkorlik qobiliyati bilan hazilkash, gʻayratli, jurʼatli ayollar, shuningdek, muhabbat sanamlari obrazini oʻziga xos mahorat bilan yaratgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid asari; Yu. Rajabiy musiqasi, "Farhod va Shirin"), Onaxon (Komil Yashin, "Nomus va muxabbat"), Oftobxon (Komil Yashin; X. Toʻxtasinov, "Oftobxon"), Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, "Alpomish"), Sanobar (Baxrom Rahmonov, "Yurak sirlari"), Netayxon (A. Qahxrr, "Tobutdan tovush"), Dilbar (R. Bobojon, "Togʻajiyanlar"), Huriniso (Erkin Vohidov, "Oltin devor") va b. Rej. sifatida U. Hojibekovning "Arshin mol olon", Uygʻunning "Qaltis hazil", Komil Yashinning "Gulsara", "Nurxon" kabi asarlarini sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil