Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva.jpg

Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva (ayrim manbalarda Yoʻldosheva deb yoziglan) (1913, Margʻilon — 1929.1.7) — professional teatr sohasiga kirib kelgan birinchi oʻzbek raqqosasi. 1928-yildan Muhitdin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert-etnografik ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. Ansamblning Margʻilonga qilgan gastroli vaqtida radikal dindorlar tomonidan vahshiyona oʻldirilgan. Bu fojiaga bagʻishlangan „Nurxon“ (Komil Yashin asari; Toʻxtasin Jalilov musiqasi) musiqali dramasi yaratilgan. Margʻilon shahri madaniyat uyi oldida Nurxonga haykal oʻrnatilgan (1968, haykaltarosh Valentin Klebansov).[1][2]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Nurxon" OʻzME. N-harfi, sahifa 248 Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Boy Looks up at Statue of Nurkhon

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]