Kontent qismiga oʻtish

Sabina Boboqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sabina Boboqulova
Statistikasi
Vazn toifasi -50 kg
Vazni ~46 kg
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Murabbiyi Ulug‘bek Baratov
Tavalludi 29-iyul 2003-yil (2003-07-29) (20 yosh)
Olot tumani, Buxoro viloyati Oʻzbekiston

Sabina Komiljon qizi Boboqulova (29-iyul, 2003-yil; Olot tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik Bokschi. Xalqaro toifadagi sport ustasi[1].

2019-yildan boshlab Ulugʻbek Baratov murabbiyligida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

2019-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan. 2021-yilda Boboqulova Dubayda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[1].

2022-yilda Toshkentda va 2023-yilda Bangkokda 50 kg gacha boʻlgan vazn toifasida U22 yosh toifasidagi musobaqaarda qatnashib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

2023-yil mart oyida Italiyada boʻlib oʻtgan jahon miqyosidagi litsenzion turnirda gʻalaba qozongan va 2024-yilgi olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan[2][3].