Sabao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻz tulporida oʻtirgan soʻgʻdlik Sabao An Jia (An Jia maqbarasidagi devoriy surat, 579-yil)

Sabao (xitoycha: 薩保, Sàbǎo, „himoyachi, qoʻriqchi“) — milodiy V—VII asrlarda soʻgʻd savdogar-muhojirlar jamolari yetakchilariga Xitoy tomonidan berilgan rasmiy unvon[1]. „Sabao“ soʻzi soʻgʻdchas’rtp’w“ (sartpav, sartapao)[2] soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „sarbon“, „karvonboshi“ degan maʼnolarni bildiradi[1]. Shuningdek, Sabaolar Xitoy maʼmuriyatida mintaqa boʻyicha masʼul mansab hisoblangan „prefekt“ unvoniga ega ham boʻlishgan. Misol uchun, Sabao An Jia Tong prefekturasining buyuk gubernatori (xitoycha: 大都督, Dàdūdū) ham boʻlgan. Asta-sekinlik bilan sabaolar markaziy hokimiyatda ham oʻrin egallay boshlashadi, keyinchalik sabaolar uchun ish yuritish idorasi (kanselyariya) tashkil qilinadi. Idora tarkibiga otashparasatlikning kohini, azayimxon, idora boshligʻining yordamchisi, harbiy attashe, qoʻmondon, mirza (kotib) kirgan. Idora soʻgʻdliklarning maʼmuriy va diniy masalalarini hal qilgan[3]. Umumiy nazoratni sabao olib borgan.

Sabaolar Xitoyda tijorat bilan shugʻullanuvchi Oʻrta Osiyodan boʻlgan savdogarlarining savdo ishlarini, shuningdek, zardushtiylik diniga oid ishlarni boshqarib turishgan. Bunday munosabatlar haqidagi maʼlumotlar An Jia, Virkak, Yu Hong maqbaralaridagi epitafiyalarda (qabr toshiga bitilgan bitiklar) uchraydi[4][5]. Maqbaralarda soʻgʻdliklarning hayoti, qoʻshni davlatlar bilan munosabatlari, ov sahnalari, sanʼatiga oid tasvirlar ham uchraydi. Shuningdek, maqbaralarda soʻgʻdliklarning dehqonchilik (uzumchilik va sharobchilikdan tashqari) bilan shugʻullanganliklari haqida tasvirlar mavjud emas, bu esa soʻgʻdliklarning asosiy faoliyati savdo-sotiq boʻlganidan dalolat beradi[6].

Sabaolarning maqbaralari ulugʻvorligi va hashamatligi jihatidan oʻsha davrdagi Xitoyda imperator maqbaralaridan keyingi oʻrinda turgan. Bu esa Sabaolar aholining eng boy vakillaridan biri boʻlganligni tasdiqlaydi[7].

Sabao maqbaralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Xu Jin 徐津. „The Funerary Couch of An Jia and the Art of Sogdian Immigrants in Sixth-century China“. The Burlington Magazine, 2019 (ingliz tilida). Qaraldi: 21–avgust 2022–yil. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |1= (yordam)CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language ()
  2. Z.Murodova (2017). „Noviye ikonograficheskiye danniye o muzikalnix svyazyax na velikom shelkovom puti“ (PDF). Oʻzbekiston arxeologiyasi, 2017, №1 (14). Samarqand: OʻzFA Arxeologiya instituti. 16-bet. Qaraldi: 21–avgust 2022–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Jun, Sinszyan. „Velikiy Shelkoviy put i kulturniy obmen mejdu Vostokom i Zapadom“. Litres (2021), s. 216. Qaraldi: 2-oktyabr 2022-yil.
  4. „Anjia Tomb“. dla.library.upenn.edu. [sayt ishlamaydi]
  5. Cosmo, Nicola Di; Maas, Michael. Empires and Exchanges in Eurasian Late Antiquity: Rome, China, Iran, and the Steppe, ca. 250–750 (en). Cambridge University Press, 26-aprel 2018-yil — 90 bet. ISBN 978-1-108-54810-6. 
  6. Isamitdinov, Joʻrabek. „Sogdiysi — kolonizatori na trasse velikogo Shyolkovogo puti“ (rus tilida). SCIENTIFIC NOTES (2019), s. 21. Qaraldi: 2-oktyabr 2022-yil.
  7. GRENET, Frantz. Histoire et cultures de l’Asie centrale préislamique. Paris, France: Collège de France, 2020 — 320 bet. ISBN 978-2-7226-0516-9. „"Ce sont les décors funéraires les plus riches de cette époque, venant juste après ceux de la famille impériale; il est probable que les sabao étaient parmi les éléments les plus fortunés de la population.“