Kontent qismiga oʻtish

Georgiy Saakadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saakadze Georgiydan yoʻnaltirildi)
Saakadze

Georgiy Saakadze (taxminan 1580, Peli qishlogʻi – 1629.3.10) – gruzin siyosat arbobi, sarkarda. 1608-yil Tbilisi mauravisi (hokimi). Gruziyani birlashtirish maqsadida kurash olib borgan, levin saroy fitnasi natijasida Eronga ketishga majbur boʻlgan. 1620-yil Eron shohi Abbos I yordamida Kartli podsholigining amaldagi hukmdoriga aylangan. 1623-yil Kartli va Kaxetida Saakadze rahbarligida Eronga qarshi yirik qoʻzgʻolon koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar 30 minglik Eron qoʻshinini tormor keltirishgan. Lekin 1625-yil jangda magʻlub boʻlishgan. Saakadze bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan. 1628-yil Saakadze qoʻshinlari tormor keltirilgach, Turkiyaga qochgan va oʻsha yerda oʻldirilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil