Kartli podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kartli podsholigi - 1) Sharqiy Gruziyadagi quldorlik davlati (mil.av. 4-asrdan). Dastlabki davrda K.p. Rim imperiyasiga nomigagina qaram boʻlgan. 4-asrning 30—40-y.larida K.p. aholisi xristianlikni qabul qiladi. K.p. 5-asr dan boshlab Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan; 2) Sharqiy Gruziyadagi davlat, poytaxti — Tbilisi (15-asrning 2-yarmi — 1762 y.), 16— 18-asrlarda Eron va Turkiya tajovuziga qarshi muntazam kurash olib borgan. 1723 y. K.p.ni turklar, 1735 y. Eron safaviylari bosib olgan. 1744 y. K.p. chet el bosqinchilaridan xalos boʻlgan. K.p. Kaxeti podsholigi bilan birlashgach, Kartli-Kaxeti podsholigi tashkil topgan (1762). U 1801 y.dan Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil