Georgiy Saakadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Georgiy Saakadze (taxminan 1580, Peli qishlogʻi — 1629.3.10) — gruzin siyosat arbobi, sarkarda. 1608-yil Tbilisi mauravisi (hokimi). Gruziyani birlashtirish maqsadida kurash olib borgan, levin saroy fitnasi natijasida Eronga ketishga majbur boʻlgan. 1620-yil Eron shoqi Abbos I yordamida Kartli podsholigining amaldagi hukmdoriga aylangan. 1623-yil Kartli va Kaxetida S. rahbarligida Eronga qarshi yirik koʻzgʻolon koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar 30 minglik Eron koʻshinini tormor keltirishgan. Lekin 1625-yil jangda magʻlub bulishgan. S. bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan. 1628-yil S. qoʻshinlari tormor keltirilgach, Turkiyaga qochgan; oʻsha yerda oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil