Kontent qismiga oʻtish

Xayrulla Saʼdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saʼdiyev Xayrulla Habibovichdan yoʻnaltirildi)
Xayrulla Saʼdiyev
Tavalludi 6-dekabr 1940-yil (1940-12-06) (83 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Xayrulla Habibovich Saʼdiyev (1940-yil 6-dekabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori.

Xayrulla Saʼdiyev 1940-yil 6-dekabrda Toshkentda tavallud topgan. Oʻzbekiston rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1963–1986-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida, 1986-yildan Satira teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan.

Xayrulla Saʼdiyev, asosan, komik aktyor boʻlib, dramatik, harakterli rollarni ham meʼyoriga yetkazib ijro etishi, oʻtkir satirik va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko ("Polizdagi voqea") uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Xlestakov ("Revizor"), Dartanʼyan ("Uch mushketyor"), Konfetvoy ("Suqatoy Konfetvoy"), Ali ("Ali va Vali"), Mushuk ("Etik kiygan mushuk"), Mishka Dadone ("Toshkent — non shahri"), Shum bola ("Shum bola"), Afandi ("Afandining yoshligi"), Yusuf ("Tobutdan tovush") kabi rollarni ijro etib shuxrat qozondi. Kino ("Akmalning sarguzashtlari"da ertakchi chol; "Shiddat"da Mamat; "Xorazm afsonasi"da masharaboz; "Toʻylar muborak"da kuyovning doʻsti; "Arslonning sarguzashtlari"da Qoʻrqinch; "Xumcha"da choyxonachi; "Margʻiyona"da masharaboz; "Alpomish"da Toychaxon; "Meshpolvon"da Rayhon qiziq va boshqalar), televizion spektakl va filmlarda (Shum bola, "Shum bola"; Anvar, "Izlayman"; Sobir, "Uchrashuv", Jalil, "Shaytanat" kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teatrlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. Xayrulla Saʼdiyev, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy qatnashchisi[1].

Yil Nomi Obraz Izoh
2016 Xazonrezgi
2014 Gumrohlar
2012 Xazina
Qovun
2011 Hayot jilgʻalari Toshkenboy aka
Qoʻrgʻoshin Abdurahmon
Uchar otlar Ibn Al Jabbor
2010 24 soat Doktor
2009 Arosat
2008 Jannat qaydadir?
Iblis devori
2007 Oʻtov Mahalla noziri
Shima Yapon kapitani
Yoʻqolgan odam
2006 Osmon yaqin
Suiqasd
2004 Близнецы Muxtor
2000 Alpomish Toychaxon
1998

2003

Shaytanat Jalil
1996 Margʻiyona Masxaraboz
1990 Xumcha Choyxonachi
1988 Arslonning sarguzashtlari Qoʻrqinch
1984 Новые приключения Акмаля волшебный садовник
1981 Akmalning sarguzashtlari Ertakchi chol
1978 Toʻylar muborak Kuyovning doʻsti
1978 Xorazm afsonasi Masxaraboz
1976 Koʻrinmaslar
1975 Как Хашим был большим Hoshim
1973 Chinor Anvar, Said
1970 Semurgʻ Navoiy
1972 Возраст тревог qahvaxonadagi yigit
1971 Shiddat Mamat
1969 Возвращайся с солнцем Jingalak
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil