Kontent qismiga oʻtish

SHERABAD OASIS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SHERABAD OASIS
Asl nomi

SHERABAD OASIS Tracing Historical Landscape in Southern Uzbekistan LADISLAV STANČO PETRA TUŠLOVÁ (eds.)

CHARLES UNIVERSITY
Muallif(lar) Ladislav Stanch, Petra Tushlova
Mamlakat Chexiya
Til inglizcha
Janr(lar)i Ilmiy-ommabop
Nashr etilgan sanasi 2019
Nashriyot KAROLINUM PRESS
ISBN 978-80-246-3902-4

Janubiy Oʻzbekistondagi tarixiy manzarani kuzatishda Karlova universiteti va Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari Chexiya-Oʻzbekiston jamoasi hamkorligida oʻtkazilgan tadqiqotlari natijasida Karlova universiteti professori Ladislav Stanch[1] va Petra Tushlovalar tomonidan yozilgan kitob. Ushbu nashr Yevropa mintaqaviy taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan „Ijodkorlik va moslashuvchanlik oʻzaro bogʻliq dunyoda Yevropa muvaffaqiyatining shartlari“ loyihasi amaliy natijasi hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlar 2008-2011 yilga qadar oʻtkazib kelindi[2].

Kitobda asosan Oʻzbekistonning janubiy qismi hisoblangan Surxondaryo viloyati hududi tabiiy sharoitlarii, iqlimi, geografiyasi, suvlari, iqlim sharoitlarini tasvirlaydi. Turli xil uslublar va dastlabki ishlov natijalari asosida sunʼiy yoʻldosh tasviridan antropogen xususiyatlari aniqlanganligi, topografik xaritalardan antropogen xususiyatlar koʻrsatilganligi, dala maʼlumotlarining hisobotlari, fazoviy maʼlumotlar, zamonaviy qabristonlarning arxeologiyasi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu ilmiy nashrda oldingi adabiyotlarni baholash va oldingi tadqiqotlar bilan solishtirish tahlillari orqali Sherobod vohasining dehqonchilik sharoiti, dala qoplami, koʻrinish tasniflari haqida maʼlumot olish mumkin.

Kitobda Qulugshatepa, Gorintepa, Shishtepa, Ayritepa, Talashkantepa, Pachmaktepa, Yalango‘ko‘tatepa hudularining joylashuvi haqida fazoviy maʼlumotlar, shakllanish jarayonlari, vujudga kelish davri, sababi taʼriflari, irrigatsiya tizimlari maʼlumotlari bayon qilinadi. Qazishmalar jarayonida aniqlangan turli xil sopol buyumlar oʻz davrining noyob madaniyatlari, oʻsha davrlarda yashagan odamlarning etnik jihatlarini, anʼanalarini, qadriyatlarini, diniy qarashlarini, yashash sharoitlari haqida maʼlumot beradi.

Kitob Pragadagi Karlova universiteti tomonidan 2019 va 2021-yillarda [3] nashr etilgan va 495 sahifadan iborat. Ilmiy nashr asosan keng ilmiy jamoatchilik, oʻqituvchilar, magistrantlar, doktorantlar uchun moʻljallangan [4].