Fazoviy mexanizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fazoviy mexanizm - zvenolarining nuqtalari notekis trayektoriya chizuvchi yoki trayektoriyasi oʻzaro kesishgan tekisliklarda yotuvchi mexanizm. Texnikada zvenosi nuqtalarining trayektoriyalari konsentrik sferalarda boʻladigan sferik mexanizmlar keng tarkalgan. Bunday mexanizmlar kesishuvchi oʻqlar orasidagi aylanma qarakatlarni uzatish uchun qoʻllanadi (mas, tishli uzatmalar, avtomobilning kardanli uzatmasi, radiolokatorning burish mexanizmi va boshqalar). Yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida Fazoviy mexanizm aylanma harakatni uzatish bilan birga fazoviy trayektoriyalar hosil qiladi (mas, tikuv mashinasining ip tortish mexanizmi). Richagli Fazoviy mexanizmlar odamning qoʻl harakatlarini takrorlaydigan manipulyatorlar va sanoat robotlarida ishlatiladi. Fazoviy mexanizmdan kosmik texnika qurilmalarida, qishloq xoʻjaligi va boshqalarda keng foydalaniladi.