Russia's Protectorates in Central Asia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Russia's Protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924
Muallif Seymour Becker
Janr tarix
antropologiya
Til inglizcha
Nashriyot Harvard universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 416 (1968)
416 (2004)
440 (2009)
ISBN ISBN 978-0203-6833-16 (2004)
ISBN 978-0415-5461-88 (2009)

Russiaʼs Protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924“ (tarjimasi „Rossiyaning Markaziy Osiydagi protektoratlari: Buxoro va Xiva, 1865–1924“) — amerikalik tarixchi Seymour Becker qalamiga mansub kitob. Kitobda Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyodagi ikki protektorati — Buxoro amirligi va Xiva xonligining 1865–1924-yillar orasidagi tarixi haqida hikoya qilinadi. „Russiaʼs Protectorates in Central Asia“ Rossiyaning ushbu xonliklar bilan munosabatlariga bagʻishlangan ingliz tilidagi ilk asardir[1].

Kitob ilk marotaba 1968-yil Harvard universiteti nashriyotida chop etilgan. „Russiaʼs Protectorates in Central Asia“ universitetning „Rossiya tadqiqot markazi izlanishlari“ (inglizcha: Russian Research Center Studies) turkumi doirasida chop etilgan 54-kitobdir. Kitob 2004-yil „RoutledgeCurzon“ britan nashriyotida qayta nashr qilingan. 2009-yil ayni nashriyotda qaytadan chop etilgan. Yangi nashr uchun yangi muqaddima yozilgan. Shuningdek, kitobdagi ayrim xatoliklar tuzatilgan hamda ilk nashr eʼlon qilinganidan keyin chop etilgan tadqiqotlar haqida qisqacha maʼlumot qoʻshilgan.

Yale universiteti xodimi Firuz Kazemzadeh 1968-yil yozgan taqrizida kitobni „Buxoro va Xiva protektoratlari zabt etilganidan 1924-yilgacha boʻlgan [davr] haqidagi mukammal, yaxshi hujjatlashtirilgan ish“ oʻlaroq baholagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. MacKenzie, David (mart 1969–yil). „Russia's Protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924. By Seymour Becker. Russian Research Center Studies, 54. Cambridge: Harvard University Press, 1968. xiv, 416 pp. 42.50“. Slavic Review. 28-jild, № 1. 142–143-bet. doi:10.2307/2493058. Qaraldi: 20–noyabr 2022–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Kazemzadeh, Firuz (1–fevral 1969–yil). „Russia's Protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865–1924. By Seymour Becker. [Russian Research Center Studies, Number 54.] (Cambridge, Mass.: Harvard University Press. 1968. Pp. xiv, 416. 42.50.)“. The American Historical Review. 74-jild, № 3. 1047-bet. doi:10.1086/ahr/74.3.1047. Qaraldi: 20–noyabr 2022–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]