Russell Peters

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Russell Peters

Russell Peters (2008-yil)
Tavalludi
Russell Dominic Peters

29-sentyabr 1970-yil (1970-09-29) (53 yosh)
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Taʼlimi Chinguacousy oʻrta taʼlim maktabi
Judith Nymanoʻrta taʼlim maktabi
Kasbi Stand-up komik, aktyor, prodyuser
Faoliyat yillari 1989–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Monica Diaz
(turm. 2010, ajrashgan)

Ali Peters (turm. 2022)
Bolalari 2 nafar
Veb-sayti russellpeters.com
Imzosi

Russell Dominic Peters (talaffuzi: Rassl Dominik Piters; 1970-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) [1] — kanadalik stend-up komik, aktyor va prodyuser[2]. 1989-yildan Torontoda komik chiqishlar qilishni boshlagan. 2008-yilda Gemini mukofotiga sazovor boʻlgan. 2013-yilda Forbes tomonidan dunyodagi eng koʻp maosh oluvchi komeklar roʻyxatida uchinchi oʻrinda qayd etilgan. Netflixning stend-up boʻyicha maxsus mukofotini olgan ilk komik[3]. Hip-Hop Evolutiondagi (2016) prodyuseligii uchun Peabody mukofoti hamda eng yaxshi sanʼat dasturlari nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro Emmy mukofoti qoʻlga kiritgan. Hozirda Los-Anjelesda istiqomat qiladi[4].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peters 1970-yil 29-sentyabrda Kanadaning Toronto (Ontario) shahrida Mumbay (Maxarashtra), Gʻarbiy Hindiston va Kalkutta (Gʻarbiy Bengaliya), Sharqiy Hindistondan Kanadaga koʻchib kelgan (1965-yilda), kelib chiqishi ingliz-hind millatiga mansub Eric va Maureen Peterslar oilasida tugʻilgan[5][6]. Uning qarindoshlari — katta oilasi Madhya Pradesh shtatidagi Burhanpur shahrida yashaydi[7].

Peters katolik oilada katta boʻlgan[6]. Menejeri — akasi Clayton[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peters Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida yashaydi. U yerda ikkita uyi bor. Nevada shtatining Las-Vegas vodiysi va Vaughan (Ontario) kabi joylarda ham uylari bor[4].

2010-yilda Russell Peters North Peel stipendiyasini taʼsis etgan. Mukofot summasi $21,000 Kanada dollari hisoblanib, qoʻshimchasiga uch yillik kollejda oʻqish harajatlarini qoplab beriladi[9]. Stipendiya har yili Judith Nyman oʻrta maktabini (sobiq Shimoliy Peel) yuqori baholarga bitirgan va kollejda oʻqish niyati boʻlgan oʻquvchiga beriladi[10][9].

2022-yil 20-fevralda Kaliforniyaning Dana Point shahridagi Ritz Carlton mehmonxonasida Ali Peters bilan turmush qurdi[11]. Ali Petersning ikki nafar farzandiga otalik qiladi.

Diniy eʼtiqodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Larriy King Peters bilan suhbat davomida undan soʻraydi: Ortiqcha tabu holatlariga qanday qaraysiz?. Peters javob beradi: Men din haqida gapirmayman, chunki odamlar din haqida mendan boshqacha tushunchaga ega deb oʻylayman, ayniqsa hozirgi kunda. Men eʼtiqodchidan koʻra koʻproq fan odamiman. Men eʼtiqodlardan koʻra koʻproq faktlarga qiziqaman[12][13]. Peters — ateist[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Russell Peters biography“. Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  2. Le. „Why Russell Peters Is Notoriously Unknown“. Forbes (2014-yil 14-fevral).
  3. „The famous comedian most Americans don't know“. edition.cnn.com (2013-yil 16-oktyabr).
  4. 4,0 4,1 Hough, Robert. „Lighten Up“. Toronto Life (2009-yil sentyabr). 2009-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-yanvar.
  5. „Archive from The Official Website of Russell Peters“. Russellpeters.com (2013-yil 27-aprel). 2015-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
  6. 6,0 6,1 „Russell Peters“. thecanadianencyclopedia.ca (2016-yil 25-may).
  7. „russell-peters-comedy-superstar-netflix-series-racial-humour-toronto“. www.indiatoday.in.
  8. "Comedian Russell Peters talks about his manager and big brother, Clayton." Toronto Star. Accessed on March 25, 2013.
  9. 9,0 9,1 Morvay. „Russell Peters creates $20,000 college scholarship“. Punchlinemagazine.com (2010-yil 30-aprel). 2011-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-mart.
  10. „Comedian Russell Peters awards scholarship to Randy Adams“. Digitaljournal.com. Qaraldi: 2011-yil 11-mart.
  11. „Brampton's Russell Peters gets married with star-studded wedding“. insauga.com (2022-yil 27-fevral).
  12. „Russell Peters: I Don't Talk About Religion“. Ora.tv.
  13. „Russell Peters avoids religion in his comedy act“. The Washington Times.
  14. „Russell Peters Celebrates 25 Years in Comedy With Massive Crowds, Big DVD Sales“. Variety (2015-yil 15-iyul).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]