Rune Jarstein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rune Jarstein
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rune Almenning Jarstein[1]
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1984-yil (1984-09-29) (39 yosh)[2]
Tavallud joyi Porsgrunn, Norvegiya
Boʻyi 1.92 m[3]
Ampluasi Darvozabon[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hertha BSC
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Herkules
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2007 Odd Grenland 72 (0)
2007-2010 Rosenborg 51 (0)
2010-2013 Viking 116 (0)
2014- Hertha BSC 164 (0)
Milliy terma jamoa
2007- Norvegiya 72 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 6-mart uchun)

Rune Almenning Jarstein (1984-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Hertha“ klubi va Norvegiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining erta davrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarstein Porsgrunn shahrida tugʻilgan[5]. Futboldagi faoliyatini Skien shahridagi mahalliy Herkules jamoasida boshlagan. Oʻsmirlik davrida u Yevropaning bir qancha top-klublarida, jumladan, "Manchester United " va „Bayern Munich“ jamoalarida bir qancha sinovlardan oʻtgan. 

Jarstein 2002-yil 18 yoshida Odd jamoasi tarkibida Norvegiya oliy divizionida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2007-yilda Odd jamoasi Norvegiya birinchi divizioniga tushib ketganidan soʻng, Jarstein „Rosenborg“ jamoasiga oʻtib ketgan[6].

2010-yil 8-martda Jarstein asosiy tarkibdagi oʻrnini Daniel Örlundga boy berganidan keyin Viking jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Uning Viking bilan shartnomasi 2013-yilgi mavsumdan keyin yakuniga yetadi[7].

Hertha BSC[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarstein 2017-yil

2013-yilning 17-dekabrida u Germaniyaning Hertha BSC jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8]. 2015-2016-yilgi mavsumda u asosiy tarkib darvozaboni boʻldi, chunki ungacha asosiy tarkib darvozaboni boʻlgan Tomas Kraft yelkasidan jarohat olganidan soʻng zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan edi. 2015-yilning 18-dekabrida Jarstein „Hertha“ bilan shartnomasini 2018-2019-yilgi mavsum oxirigacha, uch yarim yilga uzaytiradi[9].

Jarstein Kraftga nisbatan Hertha jamoasining asosiy darvozaboni boʻlib qoldi. Faqat UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida Kraft va Jarstein oʻz oʻrinlarini almashtirdilar. Borussia Dortmundga qarshi kechgan oʻyinda Jarstein oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va bir necha seyvlardan soʻng Pierre-Emerick Aubameyang tomonidan amalga oshirgan penaltini qaytardi[10].


2020-21-yilgi mavsum oldidan Aleksandr Shvolov yangi bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi[11]. Menejer Pal Darday 2021-yil yanvarida quyi ligaga tushib qolish xavfi ostida qolgan „Hertha“ga qaytadi[12]. Jarstein 2021-yil aprel oyida COVID-19 kasalligiga chalinib shifoxonaga yotqizilganidan to tuzalib chiqqunga qadar vaqt oraligʻida liganing 8 ta oʻyinini oʻtkazib yuboradi[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarstein Norvegiya yoshlar terma jamoasida jami 30 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2007-yil 23-avgustda u Norvegiya terma jamoasi tarkibida Argentinaga qarshi oʻyinda (2:1) 45 daqiqa oʻynaydi[14]. 2011-yilda Jon Knudsen jarohat olganidan soʻng Jarstein milliy terma jamoaning yangi asosiy tarkib darvozaboniga aylanadi[15]. Jarstein Sloveniyaga qarshi navbatdagi oʻyinda yana asosiy tarkibda maydonga tushdi[16] va 2013-yilning yanvarida milliy terma jamoadagi darvozabonlar murabbiyi Frode Grodås Jarsteinning rosmana asosiy tarkib darvozaboniga aylanganini aytdi[17].

Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼalararo Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Odd Grenland 2002 Tippeligaen 2 0 2 0 4 0
2003 4 0 3 0 7 0
2004 0 0 0 0 0 0
2005 16 0 4 0 20 0
2006 25 0 1 0 26 0
2007 25 0 4 0 29 0
Jami 72 0 14 0 86 0
Rosenborg 2008 Tippeligaen 23 0 0 0 9 0 32 0
2009 28 0 4 0 4 0 36 0
Jami 51 0 4 0 13 0 68 0
Viking 2010 Tippeligaen 26 0 5 0 31 0
2011 30 0 5 0 35 0
2012 30 0 2 0 32 0
2013 30 0 1 0 31 0
Jami 116 0 13 0 129 0
Hertha BSC 2013-14 Bundesliga 1 0 0 0 1 0
2014-15 1 0 0 0 1 0
2015-16 29 0 4 0 33 0
2016-17 34 0 3 0 1 0 38 0
2017-18 31 0 2 0 1 0 34 0
2018-19 31 0 2 0 0 0 33 0
2019-20 29 0 2 0 0 0 31 0
2020-21 8 0 0 0 0 0 8 0
Jami 164 0 13 0 2 0 179 0
Hertha BSC II 2015-16 Regionalliga Nordost 1 0 1 0
Faoliyatida jami 404 0 44 0 15 0 463 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Norvegiya 2007 1 0
2008 4 0
2009 2 0
2010 2 0
2011 8 0
2012 9 0
2013 10 0
2014 2 0
2015 0 0
2016 6 0
2017 6 0
2018 8 0
2019 7 0
2020 4 0
2021 3 0
Jami 72 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosenborg

  • Tippeligaen : 2009[18]
  • Superfinal : 2010-yil

Individual

  • Gullballen : 2018[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rune Almenning Jarstein“ (no). Football Association of Norway. Qaraldi: 2019-yil 12-oktyabr.
  2. „Rune Jarstein: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
  3. „Rune Jarstein“. Hertha BSC. 2022-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  4. „Rune Jarstein“. Norwegian Football Federation.
  5. „Rune Jarstein: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
  6. „- Jarstein vil til Rosenborg“ (no). ABC Nyheter (2007-yil 13-dekabr). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  7. Ber Viking-fansen tro på Østbø (no). Rogalands Avis (2013-yil 30-noyabr), s. 20.
  8. „Hertha BSC verpflichtet Rune Jarstein“ (de). Hertha BSC (2013-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  9. „Rune Jarstein signs three-year extension with Hertha BSC“ (en). Vavel (2015-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  10. „BLMVP | Matchday 7 | The candidates: Rune Jarstein“. bundesliga.com — the official Bundesliga website (2016-yil 17-oktyabr). 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  11. „Hertha BSC verpflichtet Alexander Schwolow“ (de). Hertha BSC (2020-yil 4-avgust). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  12. „Jarstein ist mit nach Montenegro geflogen“ (de-DE). kicker (2021-yil 29-mart). 2021-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  13. „Englische Corona-Variante: Hertha-Keeper Rune Jarstein musste ins Krankenhaus“ (de). Sportbuzzer (2021-yil 16-aprel). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  14. Søfting. „Rune Jarstein“ (no). Qaraldi: 2011-yil 12-noyabr.
  15. „Drillo vraker Carew“ (no). Aftenposten (2011-yil 25-iyul). 2013-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  16. Stendal, Christian Skare. „Drillo: – Får ingen konsekvenser for Jarstein“ (no). Adresseavisa (2012-yil 12-sentyabr). 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  17. Botnen, Sverre Olav; Stokstad, Morten. „Nå er Jarstein landslagets udiskutable førstekeeper“ (no). TV 2 (2013-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 12-yanvar.
  18. „Mestvinnende“ (no). Norwegian Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2009-yil 3-noyabr.
  19. „Jarstein og Hegerberg vant Gullballen“. fotball.no. Norwegian Football Federation (2019-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.