Kontent qismiga oʻtish

Ruhi Sarıalp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruhi Sarıalp
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 15-dekabr 1924-yil
Manisa, Turkiya
Vafot sanasi 2001-yil 3 mart
Izmir, Turkiya
Faoliyat yillari 1946—1952
Turmush oʻrtogʻi Ayşe Cebesoy
Sport
Qaysi sport Yengil atletika (uch hatlab sakrash)

Ruhi Sarıalp (15-dekabr 1924-yil — 3-mart 2001-yil) — Turkiyalik sportchi. Asosan yengil atletikaning uch hatlab sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda qatnashgan. Manisada tugʻilgan[1][2].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruhi taniqli turk davlat arbobi Ali Fuat Cebesoyning singlisi Ayşe Cebesoy bilan turmush qurgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida oʻtkazilgan yozgi olimpiya oʻyinlarida (yengil atletikaning uch hatlab sakrash yoʻnalishida) Turkiya sharafini himoya qilgan. Mazkur olimpidada 15 m 2 sm uzoqlikka sakrab, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Konya shahridagi harbiy maktabda oʻqiyotgan paytida yengil atletika bilan shugʻullana boshlagan. 1945-yilda uch hatlab sakrash boʻyicha Turkiya rekordini oʻrnatgan[4]. Ikkinchi marta olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, 1950-yilda Belgiyaning Brssel shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medali sohibiga aylangan. Shu tariqa Sarıalp olimpiada va Yevropa chempionatlarida medal qoʻlga kiritgan ilk Turkiyalik yengil atletikachiga aylangan. Ruhi Sarıalp 1951-yilda Italiya Rim shahrida harbiylar oʻrtasida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida gʻolib boʻlgan va jahon rekordini oʻrnatgan. 1952-yilgi chempionatda ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[5].

Ruhi Sarıalp sportdagi faoliyatini yakunlagandan soʻng, Istanbul Texnika Universiteti (İTÜ) jismoniy tarbiyaoʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Istanbulning Tuzla tumanida joylashgan İTÜning yopiq sport zali Ruhi Sarıalp sharafiga nomlangan[6]. Sarıalp Fenerbahçe sport klubining yengil atletika boʻlimi oliy kengashi raisi boʻlgan[7].

Ruhi Sarıalp 2001-yil 3 mart kuni Izmirda vafot etgan[1]. Istanbuldagi Edirnekapı shahidlar qabristonida dafn etilgan[8].

2024-yil fevralda Istanbuldagi Ataköy Arenada Yengil atletika bpʻyicha Ruhi Sarıalp kubogi oʻtkazilgan[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ruhi Sarıalp“ (en). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  2. „Ruhi SARIALP“ (tr). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  3. Weekly News Magazine Aksiyon (Wayback Machine saytida 2006-12-15 sanasida arxivlangan) (turkcha)
  4. „Olimpiyat tarihinin madalyalı ilk Türk atleti: Ruhi Sarıalp“ (tr). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  5. Atletik (turkcha)
  6. School of Maritime, Istanbul Technical University (Wayback Machine saytida 2007-02-02 sanasida arxivlangan) (turkcha)
  7. Angelfire news (turkcha)
  8. Newspaper Hürriyet March 6, 2001 (Archive.is saytida September 13, 2002, sanasida arxivlangan) (turkcha)
  9. „9. Ruhi Sarıalp Indoor Jumping Cup“ (tr). Qaraldi: 2024-yil 29-may.