Manisa
Shahar
|
'Manisa (Turkcha: Manisa) — Manisa provintsiyasining markazi boʻlib, Anatoliyaning (qadimiy Lidiya) gʻarbiy qismida joylashgan shahar va tumandir. Aholisi — 278 967 kishi (2009-yilda sanalgan).
Tarix[tahrir]
Shaharning tarixiy nomi — Sipil togʻidagi Magnisiya (yunon. Μαγνησία στο Σίπυλο) deb atalgan (yaqinida joylashgan Meandredagi Magnisiyasi bilan adashtirmang). Agar Gomerning qaydlariga ishonsak, shahar Troya jangidan soʻng barpo etilgan. E. av. V asrda mavjud boʻlgan antik shahar, bir necha zilzilalar oqibatida yer yuzidan oʻchib ketgan. Qadimiy manʼbalarda u Tit Liviy tomonidan e. av. 190-yilgi jangga alqadorligi uchun qayd qilingan boʻlib, bu jangda Luts Stsipion boshliq rimliklar Antiox III boshchiligidagi suriya armiyasiga qaxshatgich zarba beradi.
1313-yil 13-noyabrda saljuqiy-turklar boshligʻi Saru xon Bey Manisani rumliklardan jang qilib tortib oladi va oʻzining Saruxono'g'illari davlati poytaxti etib belgilaydi. V 1390 yilda Manisa Usmonli turklar davlati tarkibida edi. Biroq Saru xon avlodlari ularni davlatini tiklab bergan Amir Temur tomoniga oʻtib Usmonli turklarga qarshi chiqishadi. 1410-yilda shahar toʻlaligicha Usmonli imperiyasi tarkibiga kiradi. Bu davrda imperiyada mavjud boʻlgan beylarbeyi (gubernator) lavozimi qisman shaxzoda zimmasida boʻlib, shu tariqa u murakkab bol'gan sultonlikka tayyorlangan.
В 1912 yilda shaharda quyidagi millatlar yashagan: yunonlar — 38,926 kishi, turklar — 37,900 kishi, armanlar — 2,000 kishi, yahudiylar — 1,000 kishi.[1]
E'tiborga sazovor joylari[tahrir]
- Manisa arxeologik muzeyi
- Murodiy masjidi
- Sulton masjidi
- Ulu masjidi
- Manisa atrofidagi Sard xarobalari
Taniqli insonlari[tahrir]
- Tantal — afsonaviy shaxanshox, Zevsning oʻgʻli
- Mohidavron Sulton — Sulton Sulaymon Muhtashamning xotini
- shaxzoda Mustafo — Sulaymon I ning oʻgʻli
- Diamantis Diamantopulos — mashxur yunon rassomi
- Janer Erkin — futbolchi
Manbalar[tahrir]
- ↑ George Sotiriadis, An Ethnological Map Illustrating Hellenism in the Balkan Peninsula and Asia Minor, 1918
Havolalar[tahrir]
Turkum[tahrir]
Andoza:Manisa Andoza:Turkiya shaharlari
![]() |