Rossiya prezidentlik saylovi (2012)
Jump to navigation
Jump to search
2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovi 2012-yil 4-mart kuni boʻlib oʻtdi. Unda besh nomzod: Vladimir Putin (Birdam Rossiya), Gennadiy Zyuganov (RFKP), Vladimir Jirinovskiy (RLDP), Sergey Mironov (Odil Rossiya) va Mixail Proxorov (mustaqil nomzod) qatnashdi. Saylovda gʻalaba qozonuvchi shaxs olti yilga Rossiya Prezidenti lavozimini egallaydi.
Saylovda 2000—2008-yillarda Prezident, 2008—2012-yillarda Bosh Vazir lavozimlarini egallab kelgan Vladimir Putin yutib chiqdi.[1] Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Putinga rasmiy qutlovlar yubordi.[2]
Natijalar[tahrir]
Saylov natijalari quyidagicha:[3]
Nomzodlar | Partiya | Ovozlar | % |
---|---|---|---|
Vladimir Putin | Birdam Rossiya | 45 513 001 | 63,64% |
Gennadiy Zyuganov | RFKP | 12 288 624 | 17,18% |
Mixail Proxorov | - | 5 680 558 | 7,94% |
Vladimir Jirinovskiy | RLDP | 4 448 959 | 6,22% |
Sergey Mironov | Odil Rossiya | 2 755 642 | 3,85% |
Manbalar[tahrir]
- ↑ Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining navbatdagi prezidenti etib saylandi[sayt ishlamaydi], infoman.uz
- ↑ Vladimir Putinga qutlovlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
- ↑ Rossiya Federatsiyasi Markaziy Saylov Qoʻmitasi
Havolalar[tahrir]
- Presidential Vote 2012, Moscow Times
![]() |
Vikiomborda Rossiya prezidentlik saylovi (2012) haqida turkum mavjud |
![]() |