Rosa multiflora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rosa multiflora
Ilmiy tasnifi edit
Olam: Plantae
Sinf: Tracheophytes
Sinf: Angiosperms
Sinf: Eudicots
Sinf: Rosids
Tartib: Rosales
Oila: Rosaceae
Turkum: Rosa
Tur:
Rosa multiflora
Binomial nomi
Rosa multiflora

Rosa multiflora — (sin. Rosa polyantha)[1] atirgullar turkumiga oid turi boʻlib, koʻpincha Multiflora atirguli[2], Chaqaloq atirguli[2], Yapon atirguli[2], Koʻp gulli atirgul[2], Yetti opa-singil atirguli[2], Eyjitsu atirgul va rambler rose deb nomlanadi. Uning vatani Sharqiy Osiyo boʻlib, Xitoy, Yaponiya va Koreyada dam yaratilgan. Uni „Yapon guli“ deb ham ataladigan Rosa rugosa yoki R. multiflora duragaylaridan olingan bogʻ navlari mavjud bo'lib, poliantha atirgullari bilan adashtirib yubormaslik lozim. U Shimoliy Amerikaning oʻsimlik florasi roʻyxatiga kiritgan boʻlib, u yerda oʻsimlik invaziv tur sifatida qabul qilingan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tur boshqa oʻsimliklarga nisbatan koʻtarilib oʻsuvchi shivirli buta boʻlib, tik poyali tanasida qiyshiq oʻsgan tikanlari bilan (baʼzan tikanlari bo'lmaydi) 3 metrdan 5 metr balandlikkacha (10-16 fut) oʻsadi. Barglari uzunligi 5–10 cm (2–4 in) bo'lib, murakkab bargli, 5-9 yaproqlarga ega va panjasimon tuzilgan. Gullari asosiy poyada oʻrnashgan, har bir gulining diametri kichik 1.5–4 cm (581 58 in), oq yoki pushti rangli bo'lib, yozning boshida oʻsa boshlaydi. Gultojbarglari qizildan binafsha ranggacha boʻlib, diametri 6–8 mm (1564516 in) boʻladi.

Xitoy florasi tomonidan ikki xil turi seleksiyada yaratilgan:

  • Rosa multiflora var. multiflora . Gullar oqrangli, diametri 1.5–2 cm (5834 in).
  • Rosa multiflora var. cathayensis Rehder va EHWilson. Gullari pushti rangli, diametri 4 cm (1 58 in).

Oʻstirilishi va foydalanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosa multiflora manzarali oʻsimlik sifatida bogʻdorchilikda oʻstiriladi, shuningdek, payvandlangan dekorativ atirgul navlari va ildizlari keng qoʻllaniiladi.

Shimoliy Amerikaning Sharqiy qismida Rosa multiflora invaziv tur hisoblanadi. U dastlab Osiyodan tuproqni muhofaza qilish chorasi sifatida, chegara yaylovlari uchun tabiiy toʻsiq sifatida va yovvoyi tabiatni jalb qilish uchun olib kelingan. U Amerikaning mahalliy atirgullaridan oʻzining katta gultojbarglari bilan osongina ajralib turadi. Ular bir nechta gul hosil qiladi va kestirib olib koʻpaytiriladi. Amerika turlarida esa koʻpincha bitta poysida oʻndan ortiq gulli novdalar hosil qiladi, novdada faqat bitta yoki bir nechta gullari gul tugadi.

Baʼzi hududlarda oʻsimlik zararli begona oʻtlar sifatida roʻyxatga olingan[3]. Yaylov joylarida u odatda jiddiy zararkunanda hisoblansada, baʼzi hayvonlar uchun, masalan echkilar uchun ajoyib ozuqa hisoblanadi.

Oʻsimlikning kestirib, isteʼmol qilish mumkin[4].

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Multiflora atirgulini maqsadli oʻstirishsh koʻpincha agressiv texnikani talab qilishi mumkin, masalan, ildiz tuzilishiga qoʻshimcha ravishda ishlov berilib oʻsimlikni toʻliq bir joydan boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish mumkin. Oʻsimlikni kesish va yulish koʻpincha qayta oʻsib chiqishiga olib keladi. Ikkita turi tabiiy biologik nazoratga olingan: Aatirgul rozeti va atirgul chalmid urugʻi (Megastigmus aculeastus var. nigroflavus) kiradi[5]. Pensilvaniyada keltirilgan maʼlumotlarga koʻra multiflora baʼzi atirgul turlarining yaproqlari zaharli boʻlishi mumkin, uni behosdan isteʼmol qilinsa atirgul rozet kasalligining alomatlarini koʻrsatishi mumkin, bu esa keyinchalik oʻlimga olib kelishi mumkin[6].

Madaniy navlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Roger Phillips. The Ultimate Guide to Roses. Pan Macmillan Ltd, 2004 — 262 bet. ISBN 1-4050-4920-0. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 "Rosa multiflora“ Germplasm Resources Information Network (GRIN). Agricultural Research Service (ARS), United States Department of Agriculture (USDA)
  3. Carole Bergmann. „Multiflora Rose“. U.S. National Park Service. 2006-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 27-mart.
  4. „Multiflora Rose, An Invasive But Nutritious Wild Edible“. Eat the Planet.
  5. „Multiflora Rose Control“. Missouri department of conservation. 2016-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.
  6. „Multiflora Rose: The Mixed Blessings of Rose Rosette Disease“. 2016-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turlar profili — Multiflora Rose, Milliy invaziv turlar maʼlumot markazi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy qishloq xoʻjaligi kutubxonasi . Multiflora Rose uchun umumiy maʼlumotlar va manbalar roʻyxati.