Kontent qismiga oʻtish

Rezaksoy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rezaksoy
Tavsif
Havzasi 75,46 km²
Suv sarfi 0,528 m³/s m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Qurama tizmasi
Quyilishi [[]]
 · Quyilish joyi Chodaksoy
 · Balandligi 840 m
Daryoning burilishi Chodak → Shimoliy Fargʻona kanali m/km
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston
Mintaqa Namangan viloyati
Rezaksoy


Rizaksoy[1] yoki Rezaksoy [2] (oʻzbekcha: Rezaksoy, Резаксой) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanidagi togʻ daryosi (say [ком 1]). Xalqaro ahamiyatga ega Toshkent — Andijon — O‘sh — Qashg‘ar avtomobil yo‘lining Rezaksoy bo‘ylab qismi yotqizildi.

Daryo havzasining umumiy maydoni 75,46 км², suv havzasining oʻrtacha balandligi 1947 m. Hisob-kitoblarga koʻra, suv oqimi 0,528 m³/s, yillik oqim hajmi 16,6 mln m³, oʻrtacha oqim moduli 7,00 l/s·km², oqim qatlami 220 mm/yil ni tashkil qiladi[3][2].

Rezaksoy Oʻzbekiston hududida Fargʻona vodiysiga kiruvchi kam sonli daryolardan biridir. Namangan viloyati, Qurama tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻrida hosil boʻlgan.[2] Yuqori oqimida Kuchalasoy nomi bilan oqadi. Ayirmasoy qo'shilgandan keyin Sumsarsoy nomini oladi. Soy vodiysi asosan mayda shag'al va tosh bilan qoplangan. Butun suv oqimi boʻylab oqimning janubi-sharqiy yoʻnalishini saqlab qoladi, faqat kichik burilishlar bilan. Soy boʻyida Rezak qishlogʻi joylashgan[1]. Daryo havzasi[2] yaqinida, uning kanali[1] boʻylab xalqaro ahamiyatga ega Toshkent — Andijon — Oʻsh — Qashgʻar [2] (A-373) avtomobil yoʻli yotqizilgan boʻlib, u bilan Rezaksoy kesishadi[1].

Oʻtmishda bu soy Chadak daryosining[2] irmogʻi boʻlib, u bilan xuddi shu nomdagi qishloq ostida, taxminan 840 m balandlikdan qoʻshilgan. Hozirda Rezaksoy suvi daryo oqimiga yetib bormaganligi hamda suv sarfini toʻgʻri yoʻnaltirish maqsadida Rezaksoy suv omboriga yoʻnaltirilmoqda. Bu suv ombori Rezaksoy suvini mavsumiy tartibga soladi. Shuningdek soy irmog'i bo'ylab kamyob o'simliklar turiga kiradiagan Sharipov lolasi (Gulbarra) ham o'sadi[4].

  1. Sayami v Sredney Azii imenuyut ovragi s postoyannimi ili vremennimi vodotokami, a takje sami vodotoki (v chastnosti, sravnitelno nebolshie reki, ispitivayuщie rezkie sezonnie kolebaniya v polnovodnosti libo polnostyu peresixayuщie)
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Namanganskaya oblast. Spravochnaya politiko-administrativnaya karta. Masshtab 1 : 200 000. — Tashkent: „Goskomgeodezkadastr“, 2006.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Чуб 2007.
  3. IQLIM O'ZGARISHINING FARG'ONA VODIYSI SUV RESURSLARIGA TA'SIRI E.A.SOLIYEV: — 143-bet. 
  4. Ro‘zimatov E.Yu., Foziljonov Sh., Yuldashev X.E.. Farg‘ona vodiysi kamyob o‘simlik turlari“ atlas lug’ati, TOSHKENT-2021. 
  • Chub V. Ye. Izmenenie klimata i ego vliyanie na gidrometeorologicheskie protsessi, agroklimaticheskie i vodnie resursi Respubliki Uzbekistan. — Tashkent: „VORIS NASHRIYOT“ MChJ, 2007. — S. 83—84. — 133 s. — ISBN 978-9943-304-23-9.