Kontent qismiga oʻtish

Retush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Retush (fransuzcha: „retoucher“ — tasvirni tuzatmoq) — tasvir (rasm, fotosurat, naqsh va sh.k.)ni qalam, tush, boʻyoq bilan tuzatish, yaxshilash. Retushchi rasm, fotosurat, negativning ayrim joylarini ravshan koʻrinadigan qiladi, tuzatadi, dogʻlarini yoʻqotadi. Shu maqsadda qayta chizadi, boʻyaydi, qirib tashlaydi. Retush, ayniqsa, poligrafiya texnikasida keng qoʻllanadi. Bosmaxona qoliplari tayyorlash uchun ishlatiladigan original, negativ va diapozitivlar retush qilinadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil