Raxmet Jolayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raxmet Jangaziyevich Jolayev
Tavalludi 1910-yil 7-noyabr
Rossiya imperiyasi, Toʻrgʻay viloyati, Shalkar tumani (hozirgi Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati
Vafoti 1979-yil 6-yanvar
SSSR Qozogʻiston SSR, Olmaota
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi Sovet Ittifoqi
Sohasi Gidrotexnika
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti

Raxmet Jangaziyevich Jolayev (qozoqcha: Рахмет Жанғазыұлы Жолаев; 1910-yil 7-noyabr, Rossiya imperiyasi, Toʻrgʻay viloyati, Shalkar tumanida tugʻilgan, (hozirgi Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati) – 1979-yil 6-yanvar, SSSR Qozogʻiston SSR, Olmaota shahrida vafot etgan) – Sovet olimi, texnika fanlari doktori (1962-yil), professor (1964-yil). Qozogʻiston Fanlar akademiyasi aʼzosi (1962-yil) va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan gidrotexnik (1961-yil).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raxmet Jolayev 1935-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutini tamomlagan.

Oʻrta Osiyo rejalashtirish instituti va Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti, Olmaota va Chimkentdagi oliy oʻquv yurtlarida ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan (19321945-yillar oraligʻida).

Raxmet Jolayev 1945-1962-yillarda Energetika instituti laboratoriya mudiri va direktor oʻrinbosari, 19621973-yillarda Jambil irrigatsiya-qurilish instituti rektori, 1973—1979-yillarda – Qozog'iston davlat suv xoʻjaligi loyiha-tadqiqot instituti (Kazgiprovodxoz) ilmiy maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy ishlari gidrotexnika va suv xoʻjaligi muammolariga hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston mamlakatlaring togʻdagi daryolarida samarali suv olish inshootlarini qurishga asoslangan.

Baʼzi ishlari:

Sugʻorish va daryo tizimlarining gidroenergetika resurslarini hisobga olish metodikasi. – A., 1950-yil.

Pastki panjarali galereya bilan yaxshilangan suv olish turi. – A., 1961.

Sholi sugʻorish tizimida suv taqsimotini avtomatlashtirish. – Jambil, 1978-yil.

Eʼtirof va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jambil viloyati Taraz shahar mas’ullarining 2010-yil 23-dekabrdagi 36-17-son qarori va Taraz shahar hokimligining 2010-yil 23-dekabrdagi 1089-son qarori bilan Taraz shahrining yangi koʻchalaridan biri Jolayev sharafiga nomlangan[1][2]. Raxmet Jolayev Oktyabr inqilobi (Oktabr toʻntarishi, Oktyabr revolyutsiyasi) ordeni va SSSR davlat mukofoti „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]