Shalqar (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Aqtoʻbe viloyati |
Maʼmuriy markazi | Shalqar |
Asos solingan sanasi | 1921-yil |
Akim | Danagʻulov Yerboʻl Jetkergenovich |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2013) | 45,513[1] |
Zichligi | 0,7 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 62,200 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71335[2] |
Pochta indeksi | 031200-031216[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Rasmiy sayti | http://shalkar.aktobe.gov.kz/ |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 47°0′50″N 59°0′36″E / 47.01389°N 59.01000°E G O |
Shalqar tumani — Aqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Shalqar shahri[4].
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.
Aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aqqaytim, Bayqadam, Begimbet, Birshoʻgʻir, Boʻzoʻy, Jiltir, Moʻnke Biy[5], Qaratoʻgʻay, Qauiljir, Qoʻtirtas, Soleniy, Tgʻiz, Shalqar, Shilikti.
Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda[6].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 27-dekabr 2013-yil.
- ↑ Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 9-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
- ↑ www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
- ↑ „В Актобе пройдет большой праздник, приуроченный к 330-летию со дня рождения знаменитого философа и предсказателя Монке-би“ (22-sentabr 2006-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2009-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Qozoq Ensilopediyasi, 9 tom
|