Raxilya Miftaxova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raxilya Miftaxova
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1940-yil 7-oktyabr
Vafoti 2000-yil 8-yanvar
Qozon, Rossiya
Fuqaroligi Sovet IttifoqiRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi opera xonanadasi
Leybl soprano
Janr opera

Miftaxova Raxilya Xaydarovna (1940-yil 7-oktyabr, Xoʻjayli – 2000-yil 8-yanvar) – opera xonandasi, oʻqituvchi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1981), Tatariston Respublikasi xalq artisti (1993).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1940-yil 7-oktabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasining Xoʻjayli shahrida tugʻilgan. 1946-yilda oilasi bilan Permga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda maktabni tugatgan. 1963-yilda Qozon musiqa kollejini tamomlab, Qozon davlat konservatoriyasida ishlagan. Raxilya Miftaxovaning N. G. Livshits, N. N. Luchinina, Z. G. Bayrasheva, K. Z. Sherbinina kabi oʻqituvchilari boʻlgan.

1962-yil dekabr oyidan Raxilya Miftaxova Musa Jalil nomidagi Tatar opera va balet teatrida stajyor boʻlib ishlagan. 1968-yildan Qozon konservatoriyasini tugatgandan soʻng, teatrda solist boʻlib ishlay boshlagan[1].

1971―1978-yillarda musiqa maktabida dars bergan. 1985―1999-yillarda – Qozon madaniyat va sanʼat instituti oʻqituvchisi, 1997―2000-yillarda – yakkaxon xonandalik kafedrasi mudiri, professor.

2000-yil 8-yanvarda vafot etgan. Qozon shahridagi Novotatar qabristoniga dafn qilingan[2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

32 yillik faoliyati davomida Raxilya Miftaxova 50 dan ortiq opera rollarini ijro etgan, jumladan: Gilda („Rigoletto“), Margarita („Faust“), Aida („Aida“), Marfa („Sarskaya nevesta“), Madama Butterfly. („Cio Cio san“), Liza („Pikovaya dama“), Tatyana („Yevgeniy Onegin“), Yaroslavna („Knyaz Igor“), Leonora („Trubadur“), Rosina („Sevilskiy siryulnik“ "), Alfiya („Samat“), Bibisara („Jigangir“), Shoirning rafiqasi („Jalil“), Karakash („Altinchech“), Sarvar („Bashmachki“), Rozalind („Letuchaya mish“), Malika Volapyuk („Silva“) va boshqalar[3].

Xonandaning repertuariga opera rollaridan tashqari, tatar kompozitorlari Saidashev, Muzafarov, Valiullin, Jiganov, Yaxinning kamera asarlari, buyuk shoir Abdulla Toʻqay sheʼrlariga yozilgan romans va qoʻshiqlar kiritilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1981)[3]
  • Tatariston Respublikasi xalq artisti (1993)[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „РАХИЛЯ МИФТАХОВА“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 3-oktabr 2023-yil.
  2. „Мифтахова Рахиля Хайдаровна“. ruspanteon.ru. Qaraldi: 3-oktabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 Такташ, Рамзия „Мифтахова Рахиля Хайдаровна“. kazan-opera.ru. Qaraldi: 3-oktabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]