Soprano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soprano (ital. sopra — yuqorida soʻzidan) — 1) xonandaning eng yuqori ovozi. Diapazoni birinchi oktava "do" dan uchinchi oktava "do" — "mi" gacha (ayollarda), ikkinchi oktava "lya"gacha (bolalarda). S. boshqa ovozlardan "bosh" registr ustunligi bilan farqlanadi. Kuchli tovushdagi dramatik (Puchchinining "Turandot" operasidagi Turandot partiyasi), yumshoq tembrli lirik (Gunoning "Faust"idagi Margarita), koloraturali S. kabi turlarga boʻlinadi; 2) xordagi eng yuqori ovozli partiya; 3) baʼzi sozlarning yuqori registrli turi (mas, S.li saksofon).