Kontent qismiga oʻtish

Mansur Ravshanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ravshanov Mansur Temirovichdan yoʻnaltirildi)

Mansur Temirovich Ravshanov (1937-yil 7-aprel. Qarshi) — aktyor, rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). 1961-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1963-1974-yillarda Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissor, bosh rejissor faoliyatini olib borgan. 1974–1975 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissor "Alpomish" (S. Abdulla; T. Jalilov), "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Jononga bordim bir kecha" (Hamza), "Alisher Navoiy" (I. Sulton, Uygʻun), "Parvona" (Uygʻun), "Nurxon" (Komil Yashin), "Ajab savdolar" (H. Gʻulom; Manas Leviyev), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (S. Ahmad), "Oʻz arizasiga koʻra" (Oʻlmas Umarbekov), "Makr va muhabbat" (Friedrich Shiller), "Momo yer", "Oq kema" (Ch. Aytmatov), "Kelin va kuyov" (M. Bayjiyev), "Amir Temur va Yildirim Boyazid" (K. Abdunabiyev), "Alpomishning qaytishi" (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil