Ravshan Teshaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ravshan Teshaboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravshan Abduvasukovich Teshaboyev
Tavallud sanasi 27-aprel 1985-yil (1985-04-27) (38 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 176 sm
Ampluasi Hujumchi
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sergili
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002 Oʻzbekiston Paxtakor (2)
2003—2007Oʻzbekiston Traktor 45 (2)
2005—2006Oʻzbekiston Shoʻrtan 5 (0)
2006—2007 Oʻzbekiston Quruvchi 36 (21)
2007—2008 Hindiston Vasko
2008—2009 Hindiston Mohun Bagan AC
2009—2010 Oʻzbekiston Oqtepa
2010—2011 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
2011—2013 Qirgʻiziston FC Alay (14)
Milliy terma jamoa
2002 Oʻzbekiston U-17
Boshqargan klublari
2023 Surxon (Yordamchi murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ravshan Abduvasukovich Teshaboev 1985-yil 27-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Teshaboev 1985-yil 27-aprelda Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida tugʻilgan.. U yoshligidan doʻstlari bilan hovlida futbol oʻynashni yaxshi koʻrardi, u yerda uni „Sergeli“ klubi murabbiyi nazariga tushgan. Uning birinchi murabbiyi Ortiqboev Qahramon Baxodirovich boʻlgan. 1998-yilda Ravshan Respublika olimpiya zaxiralari maktabiga (RUOR) oʻqishga kirgan. 2002-yilda uni „Paxtakor“ klubi murabbiyilar shatbi futbolchining maxoratiga yuqori baho beradi va shundan soʻng u birinchi professional shartnomaga imzo chekdi. Shu paytdan boshlab uning professional futbolchilik faoliyati boshlanagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Teshaboev oʻz vatanida „Paxtakor“, „Shoʻrtan“, „Quruvchi“ (hozirgi „Bunyodkor“, „Traktor“ kabi klublarda toʻp surgan. U xorijda — Hindiston va qoʻshni Qirgʻizistonda ham muvaffaqiyatli oʻynadi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ravshan Teshaboev Sergeli jamoasi safida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi ligasida oʻynagan, bir vaqtning oʻzida murabbiylik faoliyati bilan ham shugʻullangan. Oʻzbekistonning top klublarida toʻp suradigan iqtidorli yosh futbolchilar yetishib chiqdi. 2023-yildan Oʻzbekiston Superligasi vakili Termizning „Surxon“ (Termiz) jamoasida ish boshlagan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quruvchi (Toshkent)

Shoʻrtan (Gʻuzor)

Alay (Oʻsh)

  • Qirgʻiziston chempioni — 2013
  • Qirgʻiziston kubogi gʻolibi — 2013
  • Qirgʻiziston afsonalari kubogi gʻolibi — 2012

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]