Ratsional kutilmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ratsional kutilmalar – iqtisodiy agentlarning mavjud eng yaxshi axborotdan foydalanishlari va sodir etilgan xatolardan tegishli xulosalar chiqarishlarini taʼkidlovchi iqtisodiy nazariya[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adaptiv kutilmalar nazariyasi paydo boʻlganidan keyin iqtisodchi olimlarda unga qarshi fikrlar paydo boʻldi. Shunday olimlardan biri hisoblanuvchi Edwin Mills fikricha, adaptiv kutilmalar subyektning hatto oʻzi sodir etgan xatolaridan olinuvchi xulosani ham hisobga olmaydi. Maʼlum darajada „Adaptiv kutilmalar“ nazariyasini himoya qilganlar ham adaptiv kutilmalar maʼlum hodisalarni toʻgʻri prognoz qila olsa-da, uning tabiatida mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan shartlar borligini aytishgan[2]. Adaptiv kutilmalarga qarshi yaratilgan „Ratsional kutilmalar“ nazariyasining asoslari 1961-yilda John Muth maqolasida aks ettiriladi[3]. Keyinchalik, bu nazariya Robert Lucas Jr. va Thomas J. Sargent tomonidan rivojlantiriladi.

Nazariya shartlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nazariya quyidagi shartlarga asoslanadi[4]:

  • Kishilar har doim amalga oshirgan xatolaridan toʻgʻri xulosalar chiqaradilar;
  • Iqtisodiy agentlar qaror qabul qilishda mavjud boʻlgan barcha axborot va nazariyalardan foydalanishadi;
  • Kishilar davlat amalga oshiruvchi iqtisodiy siyosatining sabablari va oqibatlari haqida tushunchaga ega boʻlishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Adaptive and rational expectations“. Economics help. Qaraldi: 10-dekabr 2023-yil.
  2. Nerlove 1961, s. 338.
  3. Muth 1961, ss. 316–317.
  4. „Rational Expectations“. Corporate Finance Institute.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Poitras, Geoffrey (2023). „Cobweb Theory, Market Stability and Price Expectations“. Journal of the History of Economic Thought (inglizcha). 45-jild, № 1. 137–161-bet. doi:10.1017/S1053837222000116.
  • Nerlove, Marc (1961). „The Use of Adaptive Expectations in Stability Analysis: A Reply“. The Quarterly Journal of Economics (inglizcha). 75-jild, № 2. 335–338-bet. doi:10.2307/1884209.
  • Muth, John F. (1961). „Rational Expectations and the Theory of Price Movements“. Econometrica (inglizcha). 29-jild, № 3. 315–335-bet. doi:10.2307/1909635.