Adaptiv kutilmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adaptiv kutilmalar – kishilarning kelajakdagi kutilmalarining oʻtgan davrda sodir boʻlgan hodisalar asosida shakllanishi. Masalan, kelajakda sodir boʻluvchi inflyatsiya darajasining oʻtgan yillardagi inflyatsiya darajasiga koʻra hisoblanishi. Agar oʻtgan yili inflyatsiya darajasi oshgan boʻlsa, joriy yildagi inflyatsiya darajasi yanada yuqoriroq boʻladi[1].

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikroiqtisodiy darajada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqaruvchilarning oʻtgan davrdagi parametrlarga (masalan, narxga) asoslanib xulosa qilishi bozorda taqchillik yoki tovarning kerakli miqdordan ortib ketishiga olib keladi. Ushbu oʻzgarishlar toʻrsimon modelda aks etadi[2].

Makroiqtisodiy darajada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adaptiv kutilmalar makroiqtisodiy darajada asosan Fillips egri chizigʻi misolida oʻrganiladi. Unga koʻra, ishsizlikni pasaytirish maqsadida iqtisodiyotni stimullashtirish har doim ham natija koʻrsatmaydi. Yaʼni, amalga oshirilayotgan oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda iqtisodiy agentlarning inflyatsion kutilmalar darajasi ortadi. Oqibatda ishsizlik darajasi oʻzgarmagan holatda, inflyatsiya darajasi ortadi. Aynan adaptiv kutilmalar sababli, Richard Nixon yuritgan iqtisodiy siyosat samarasiz boʻlgani haqida fikrlar ham mavjud[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poitras, Geoffrey (2023). „Cobweb Theory, Market Stability and Price Expectations“. Journal of the History of Economic Thought (inglizcha). 45-jild, № 1. 137–161-bet. doi:10.1017/S1053837222000116.