Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionati – bu Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan WR Logistics GmbH bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor shaxmat boʼyicha jamoaviy turnir. Turnir 2023 yilning 26-28 avgust kunlari Dyusseldorfda oʼtkazilgan.[1]

Umumiy koʻrinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionati shveytsarcha tizim boʼyicha oʼtkazilib, 12 turdan iborat boʼlgan. Turnir qoidalariga koʼra, har bir jamoa tarkibida kamida bir nafar ayol ishtirokchi va bir nafar standart, rapid yoki blits boʼyicha FIDE reytingida 2000 Elo ochkosini qoʼlga kiritmagan ishtirokchi boʼlishi zarur. Bu bilan tashkilotchilar turnirning inklyuzivligi va xilma-xilligini taʼminlashgan.[2]

Ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempionat ishtirokchilari orasida sobiq jahon chempionlari, jumladan Vishvanatan Аnand, Vladimir Kramnik, Hou Ifan, Аleksandra Kostenyuk va Mariya Muzichuk, vitse jahon chempionlari, Jahon kubogi gʼoliblari hamda tezkor shaxmat va blits boʼyicha sobiq jahon chempionlari oʼrin oldi.[3]

Butun dunyo boʼylab yigʼilgan 300 ga yaqin ishtirokchi, xususan, 15 dan ziyod olimpiya chempionlari musobaqalarda qatnashish uchun 36 ta jamoaga boʼlinishdi.[4]

Eng yuqori baholangan ishtirokchilar
Muvaffaqiyat O'yinchi Jamoa Reyting,

Rapid(01.08.2023)[5]

Klassik shaxmat

bo'yicha sobiq jahon chempionlari[6]

Vishvanatan Аnand Freedom 2751
Vladimir Kramnik Chess pensioners 2739
Hou Ifan WR Chess 2537
Аleksandra Kostenyuk WR Chess 2523
Mariya Muzichuk Ashdod Elit Chess Club 2470
Jahon chempionatida ikkinchi o'rin sohibi[6] Yan Nepomnyashiy WR Chess 2762
Fabiano Karuana Kompetenzakademie

Allstars

2763
Boris Gelfand Rishon LeZion

Chess Club

2619
Jahon chempionati g'oliblar[7] Levon Aronian Kompetenzakademie

Allstars

2763
Peter Svidler Chess pensioners 2737
Yan-Kshishtof Duda WR Chess 2760
2022 yilgi ayollar o'rtasidagi blits bo'yicha jahon chempioni[8] Bibissara Assaubayeva Uzbekistan 2432
Rapid bo'yicha sobiq jahon chempionlari[9] Nodirbek Abdusattorov WR Chess 2724
Daniil Dubov Freedom 2723
Blits bo'yicha sobiq jahon chempionlari[8] Maksim Vashier-Lagrave ASV AlphaEchecs LINZ 2762
Aleksandr Grishuk ASV AlphaEchecs LINZ 2724
Leyner Dominges Chess pensioners 2705
Yekateriyna Lagno ASV AlphaEchecs LINZ 2483

Sevimlilar va diqqatga sazovorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIDE hali chempionat boshlanmasdanoq tarkibi va oʼrta arifmetik reytingni hisobga olib, quyidagi jamoalarni eng kuchlilar va favoritlar sifatida e’tirof etdi:[10]

Format va qoidalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionatida shveytsarcha tizim asosidagi jamoaviy format qo‘llanildi. Jamoalar 6-9 ishtirokchidan iborat bo‘ldi. O‘yin davomiyligi har bir yurish uchun 10 soniya bilan 15 daqiqani tashkil etdi. Har bir raundda ochkolarni hisoblash tizimi jamoalarga g‘alaba uchun 2 ochko, durrang uchun 1 ochko yozadi. Mag‘lubiyat uchun ochko hisoblanmaydi. Eng ko‘p ochko yig‘gan jamoa rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.[2]

Mukofot fondi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempionatning umumiy sovrin jamg‘armasi 250 000 yevro etib belgilandi. Turnir yakuniga ko‘ra bittadan ortiq jamoa go‘lib bo‘lsa sovrin ular o‘rtasida teng taqsimlanar edi.[10][11][12]

Sovrin jadvali
O'rin Jamoa mukofoti
1-o‘rin 100 000 yevro
2-o‘rin 60 000 yevro
3-o‘rin 40 000 yevro
4-o‘rin 25 000 yevro
5-o‘rin 12 500 yevro
“2400 dan kam” 1-o‘rin 12 500 yevro
Jami 250 000 yevro

Jadval[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir uch kundan ortiq davom etdi.[5]

Sana Tadbir Boshlanish vaqti
26 avgust Texnik uchrashuv 10:30
Ochilish marosimi 13:00
1-tur 13:30
2-tur 15:30
3-tur 17:30
4-tur 19:30
27 avgust 5-tur 13:30
6-tur 15:30
7-tur 17:30
8-tur 19:30
28 avgust 9-tur 13:30
10-tur 15:30
11-tur 17:30
12-tur 19:30
Yakunlash marosimi 21:00

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy inauguratsion jahon chempionatida 12 ta matchda ikkita durrang va 10 ta g‘alaba orqali 22 ochko to‘plagan “WR Chess” jamoasi g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni 20 ochko yig‘gan “Freedom”, uchinchi o‘rinni 18 ochko bilan “MGD1” jamoasi egalladi. To‘rtinchi pog‘onaga “Armenia” jamoasi ko‘tarilgan bo‘lsa, beshinchi o‘rinni “Germany and Friends” jamoasiga nasib etdi.[2][13]

Team WR Chess
Uesli So, Yan-Krshishtof Duda, Pragnanandha, Aleksandra Kostenyuk, Yan Gustaffson, Vadim Rosenshteyn, Vinsent Keymer, Hou İfan, Nodirbek Abdusattorov, Yan Nepomnyashiy

Reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan “Freedom” jamoasi bilan kechgan musobaqada “WR Chess” raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu raundda Yan-Krshishtof Duda, Pragnanandha, Hou Ifan va Vadim Rozenshteyn g'alaba qozongan bo'lsa, Uesli So va Yan Nepomnyashiy mos ravishda Vishi Anand va Daniil Dubov bilan o'yinda durrangga erishdilar.[2][13]

Shiddatli “Columbus Energy KingsOfChess Kraków” jamoasi 2400 ballgacha reyting toifasida birinchi o'rinni egalladi. Bundan tashqari, gessenlik o'n bir yoshli vunderkind Christian Glöckler yosh o'yinchilar o'rtasidagi eng yaxshi o'yin uchun maxsus mukofotga sazovor bo'ldi.[2][13]

# Jamoa O'yinlar O'yin ochkolari TB1 TB2
1 WR Chess 12 22 702 51
2 Freedom 12 20 582.5 46.5
3 Team MGD1 12 18 628.5 47.5
4 Armenia 12 17 544.5 44
5 Germany and Friends 12 15 533 39.5
6 ASV AlphaEchecs Linz 12 14 549 45
7 Columbus Energy KingsOfChess Kraków 12 14 482 41.5
8 Berlin Chess Federation 12 14 449.5 37.5
9 Six-pack 12 13 497 39.5
10 Chess Pensioners 12 13 485.5 37.5
11 KompetenzakademieAllstars 12 13 473 41
12 Chessbrah OFM 12 13 465.5 43
13 Ashdod Elit Chess Club 12 13 448 37.5
14 FIDE Management Board 12 13 425 38.5
15 Düsseldorfer Schachklub 1914/25 e.V. 12 13 414 39.5
16 Team Chessemy.com 12 13 356 35
17 Rishon LeZion Chess Club 12 12 451 40.5
18 Schachverein Hemer 12 12 364 34.5
19 Doppelbauer Kiel 12 12 353.5 37
20 The Sharks 12 12 353 36
21 Kenya Commercial Bank Chess Club 12 12 284 37
22 Chess Wizzards 12 12 268 37
23 Mitropa Chess Association 12 12 249.5 36.5
24 Blerickse Schaakvereniging 12 12 230.5 35
25 Deutsche Schachjugend 1 12 11 336.5 31
26 Ukrainian Amators 12 11 302.5 29.5
27 Wensing & Pöbel 12 11 286 31
28 Aachener Schachverein von 1856 12 11 274 33.5
29 PhileKhoob Chess Club 12 11 257.5 36
30 Africa 12 10 338.5 33.5
31 Heilbronn Hustlers 12 10 289.5 33.5
32 École Polytechnique Française de Lausanne 12 8 244 34
33 Neustadt Weinstraße 12 6 190 27.5
34 MagdeBurg and Friends 12 6 141.5 22
35 Deutsche Schachjugend 2 12 2 58 10
36 Unischach Bayreuth 12 1 148.5 17


Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. International Chess Federation (FIDE), 2023. Inaugural World Rapid Team Championship: Registration open for all. https://www.fide.com/news/2354]
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 International Chess Federation (FIDE), n.d. Regulations for the FIDE World Rapid Team Championship 2023.https://handbook.fide.com/files/handbook/WRTC2023Regulations.pdf
  3. ChessBase, 2023. Star-studded World Team Rapid Chess Championship. https://en.chessbase.com/post/star-studded-world-team-rapid-chess-championship
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Chess-Results.com, n.d. 2023 World Rapid Team Championship. https://chess-results.com/tnr802387.aspx
  5. 5,0 5,1 International Chess Federation (FIDE), n.d. Top chess players. [https://ratings.fide.com/]
  6. 6,0 6,1 Green, N., 2023. All The World Chess Champions. https://www.chess.com/article/view/world-chess-champions
  7. Green, N., 2023. All The World Chess Champions. [https://www.chess.com/article/view/world-chess-champions]
  8. 8,0 8,1 Harding, T., 2016. A Brief History of Fast Chess. https://web.archive.org/web/20170103172317/https://worldchess.com/2016/12/25/a-brief-history-of-fast-chess/
  9. International Chess Federation (FIDE), 2016. The winners of FIDE World Rapid & Blitz Championships. https://old.fide.com/component/content/article/1-fide-news/9975-the-winners-of-fide-world-rapid-a-blitz-championships.html
  10. 10,0 10,1 International Chess Federation (FIDE), 2023. Düsseldorf hosts the inaugural World Team Rapid Championship. https://www.fide.com/news/2548
  11. Schach in Deutschland, 2023. FIDE World Rapid Team Championship in Düsseldorf: Freiwillige gesucht! - Deutscher Schachbund. https://www.schachbund.de/news/fide-world-rapid-team-championship-in-duesseldorf-freiwillige-gesucht.html
  12. English Chess Federation, 2023. World Rapid Team Championship. https://www.englishchess.org.uk/new-world-rapid-team-championship
  13. 13,0 13,1 13,2 International Chess Federation (FIDE), 2023. WR Chess triumphs as inaugural FIDE World Rapid Team Champions. https://www.fide.com/news/2616