Fabiano Karuana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fabiano Karuana
Fabiano Luiji Karuana

Fabiano 2018-yilgi nomzodlar turnirida
Tugʻilgan sanasi: 30-iyul 1992-yil [1][2]
Tugʻilgan joyi: Mayami, Florida AQSH
Yashash joyi:  Italiya (2005—2015)
 AQSh (1992-2005-yillar va 2015-yildan so'ng)[3][4]
Unvoni: Grossmeyster GM (2007)
Xalqaro master MM (2006)
Maksimal reytingi: 2844 (oktabr 2014)
Hozirgi reytingi : 2521 [5]

Fabiano Luiji Karuana ( italyancha: Fabiano Luigi Caruana ; tug'. 1992-yil 30-iyul, Mayami, Florida, AQSH ) — asli italyan boʻlgan amerikalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (2007 ).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil 30-iyulda Mayamida tug'ilgan, to'rt yoshida ota-onasi - Lu va Santina Karuana bilan Nyu-Yorkka ko'chib o'tishgan.

Karuana besh yoshida shaxmat o'ynashni o'rgangan va olti oy o'tgach, shaxmat turnirlarida birinchi o'yinini o'tkazgan. Sakkiz yoshdan o'n ikki yoshigacha grossmeyster Miron Sher qo'l ostida tahsil olgan.

12 yoshga to'lganda ya'ni 2004-yil noyabrda uning oilasi Madridga ko'chib o'tdi va u erda Boris Zlotnik murabbiyligi ostida mashg'ulotlarni boshladi. 12 yoshida u Xalqaro shaxmat federatsiyasi ( FIDE) ustasi unvoniga sazavor bo'ldi.

2007-yilda oilasi Budapeshtga ko'chib o'tdi va u erda Aleksandr Chernin bilan mashg'ulotlarini davom ettirdi. Unga Aleksandr Belyavskiy va Yuriy Razuvaev kabi mashhur grossmeysterlar yordam berishdi. So'nggi ikki yilda unga Vladimir Chuchelov [6] murabbiylik qildi.

Shaxmat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fabiano to'rt karra Italiya chempioniligiga sazovor bo'lgan (2007, 2008, 2010, 2011). U 15 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo'ldi, bu shaxmat tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri, ayniqsa Italiya va AQSh uchun 2014-yil noyabrigacha milliy rekord bo'lgan (keyin uning AQShda rekord Samuel Sevyan tomonidan yangilandi).

Karuana Flissingen (2007), Veyk an Zee (C turniri, 2008) va Veyk an Zee (B turniri, 2009) turnirlari g'olibi bo'ldi. 2009-yilgi FIDE Jahon chempionatida u Vugar Gashimovga yutqazib, 4-bosqichga chiqdi.

Biel-2010 xalqaro shaxmat festivali, 2012 va 2014-yillarda Dortmundda o‘tkazilgan shaxmat turniri g‘olibi bo'ldi. 2013-yilgi Syurix turnirida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Jahon chempionlari: Mixail Chigorin (2013-yil 27-fevraldan), Evgenio Torre va Efim Bogolyubov[7] ramziy klublari a'zosi.

2014-yil sentyabr oyida Sent-Luisdagi superturnirdagi yorqin g‘alabadan so‘ng (10 ochkodan 8½ ochko, turnir boshida ketma-ket 7 ta g‘alaba) Elo reytingi tarixidagi uchinchi pog'onani qo‘lga kiritdi – 2836 [6]. 2014-yil oktyabr oyida uning rayting ko'rsatkichi 2844 yetdi.

2016-yilning 25-aprelida Fabiano birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, 11 balldan 8½ ochko to‘plagan holda shaxmat bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar chempioni bo‘ldi.

Karuana 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogining dastlabki bosqichida Yevgeniy Najerga yutqazib qo'ydi. Mag'lubiyatga qaramay, shaxmat bo'yicha nomzodlar turniri 2018 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi, chunki turnir vaqtida uning reyting ko'rsatkichi 2784 edi.

2018-yil iyun oyida u Norvegiyaning Stavanger shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha super turnirda 8 balldan 5 ochko to‘plab g‘oliblikka erishti[8] .

U 2018-yil mart oyida Berlinda bo'lib o'tgan shaxmatga nomzodlar turnirida g'olib chiqdi (14 balldan 9 ball), buning natijasida u 2018-yilgi shaxmat bo'yicha jahon chempionatining amaldagi chempioni Magnus Karlsen bilan o'yinda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Uchrashuv Londonda bo'lib o'tdi, 12 ta durang (jahon chempionatlari tarixida birinchi marta), tay-brekdagi keyingi uchta o'yinda mag'lub bo'ldi.

2020-yil yanvar oyida u Veyk-an-Zi [9] dagi asosiy turnir ( Tata Steel Masters ) g‘olibiga aylandi.

Sportdagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shahar Turnir + = Natija Joy
2011 yil Peruja 71-Italiya chempionati 9 0 2 11 dan 10 1
2013 yil Veyk an Zee 75-xalqaro turnir 2 5 6 13 dan 5 12
2014-yil Veyk an Zee 76-xalqaro turnir 4 3 4 13 dan 6 4-6
Sent-Luis Sent-Luis 2014 yil 7 0 3 10 dan 8½ 1
2016 yil Moskva Nomzodlar turniri 2 1 11 14 dan 7½ 2-3
Sent-Luis AQSh chempionati 6 0 5 11 dan 8½ 1
2018 Veyk an Zee 80-xalqaro turnir 1 4 8 13 dan 5 11
Berlin Nomzodlar turniri 5 1 8 14 dan 9 1
Baden Baden Baden-Baden 2018 4 0 5 9 dan 6½ 1
Stavanger 6-xalqaro turnir 3 1 4 8 dan 5 1
Sent-Luis Sent-Luis 2018 2 0 7 9 dan 5½ 1-3
2020 Sent-Luis 82-xalqaro turnir 7 0 6 13 dan 10 1

Reyting o'zgarishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elo oʻzgarishi[10]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fabiano Caruana – youngest US and Italian GM in history
  2. Fabiano Caruana
  3. „FIDE Player transfers Transfers in 2005“. 2018-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  4. „FIDE Player transfers Transfers in 2015“. // FIDE. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyun.
  5. [1]
  6. 6,0 6,1 „Многоклеточный. 22-летний воспитанник советской шахматной школы произвел фурор на уникальном турнире: Другие летние: Спорт: Lenta.ru“. Lenta.ru. 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
  7. „Клуб Михаила Чигорина“. 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  8. „Американский шахматист Каруана стал победителем супертурнира в Норвегии“ (ru). ТАСС. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  9. „Архивированная копия“. 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  10. Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]