Rajab Islombekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Islombekov Rajab Qoplonovich (1925.31.12, Toshkent) — endokrinolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Tibbiyot fanlari doktori (1961), professor (1964). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1947), normal anatomiya (1948—52), xirurgiya kafedralari (1952—57) assistenti. Ulka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituta endokrinologiya boʻlimi mudiri (1958—75), shu institut direktori (1967—71). Moskva endokrinologiya instituti professor (1975 yildan). I. Toʻraqulov-i hamkorlikda dunyoda birinchi boʻlib buqoq kasalligini aniqlash va davolashning yangi usulini ishlab chikdi. Bu kashfiyot uchun ular nufuzli muko-fot laureati boʻlishdi. Asosiy ilmiy ishlari sog va kasallangan qalqonsimon bezning klinikasi, morfologiyasi va gistomorfologiyasi, shuningdek, radioaktiv yod yordamida tireotok-sikozni aniqlash va davolash masalalari qamda tarqoq va tugunli toksik buqoqning radioiodterapiyasi natijalarini oʻrganishga oid. I.ning "Tahlikali zamonlar" (Moskva, 1995 yil Oʻzbek va rus tillarida) esdaligi va bir nechta sheʼriy kitobi nashr etilgan. Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi (1969), Xalqaro axborot akademiyasi akademik (1994).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Buqoq va uni davolash. T., 1962 (I. K. Qodirov bilan hamkorlikda); Radioaktivniy yod i funksiya shitovidnoy jelezi, T., 1971.