Rafael Potelyaxov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rafael Potelyaxov
Rafael ben Shlomo Potelyaxov
Turkiston muxtoriyati vaziri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1865-yil
Buxoro
Vafoti 1936-yil
London

Rafael ben Shlomo Potelyaxov (1865—1936) — Turkistondagi yirik sarmoyador va 1-gildiya savdogari.


Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafael Potelyaxov 1865-yili Buxoroda tavallud topgan[1]. Uning millati Buxoro yahudiylaridan. U Qoʻqonda yashab, faoliyati davomida tadbirkorlik bilan shugʻullangan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafael Potelyaxov 1908-yidan Qoʻqondagi Savdo uyi boshligʻi boʻlgan. Aka-uka Rafael va Nataniel Potelyaxovlarga 2 ta paxta yogʻ zavodi va 36 ta sanoat korxonasi qaragan. Ular Turkiston oʻlkasi va Buxoro amirligidagi eng boy tadbirkorlardan biri boʻlgan. Rafael Potelyaxov Turkistonda paxtachilik qiroli nomini olgan. U „Potelyaxov savdo-sanoat oʻrtoqlik shirkati“ firmasiga asos solib, uni boshqargan. U boshchiligida 1913-yil Asakadan Vannovskiy stansiyasigacha temir yoʻl qurib bitkazilgan. U 1905-yilda Qoʻqonda buxoro yahudiylari maktabini ochgan va taʼmirlash uchun mablagʻ ajratgan. 1918-yil yil boshlarida u Turkiston muxtoriyatiga Obidjon Mahmudov oʻrniga, oziq-ovqat vaziri boʻlgan. 1918-yil fevral oyida aka-uka Potelyaxovlar VCHK tomonidan qamoqqa olingan. Ularning xorijdagi qarindoshlari tomonidan bir necha mln pud paxta sovet hokimiyatiga yuborilgach, 1918-yil 26-noyabrdagi VCHK rasi F.Dzerjinskiyning qaroriga koʻra ular qamoqdan chiqarilgan va xorijga chiqishlariga ruxsat berilgan. Aka-uka Rafael va Nataniel Potelyaxovlar Boku shahri orqali avval Quddus (Ierusalim), soʻngra Londonga borishgan. Rafael Potelyaxov 1936-yil Londonda vafot etadi[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rafael Poteliakhoff
  2. Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92 bet.