Quyosh energetika qurilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasiq. bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasiq.da issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasiq. energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (qarang Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasiq. boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasiq. koʻpincha Quyosh energetika st-yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi.

Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da tabiiy zichligi — -0,8 kVt/m2quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasiq. yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi.

Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (qarang Geliokonsentrator).

Quyosh energetika qurilmasiq. yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasiq. tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasiq.dan yer sunʼiy yoʻddoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi (yana qarang Gelioqurilma).

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]