Geliokonsentrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliokonsentrator (gelio..., lot. con. — birga, centrum — markaz, oʻchoq) — quyosh radiatsiyasi zichligini oshirish maqsadida quyosh nurlarini bir joyga toʻplash (fokuslash) uchun moʻljallangan qurilma; bir yoki bir necha koʻzgu yoki linzadan iborat. G.ning asosiy qismlari bikr (qattiq) biriktirilgan korpus va koʻzgu yoki linzalar toʻplami. G.ning qaytaruvchi sirti paraboloid, konussimon, toroidal, tarkibiy (har xil yassi koʻzgulardan iborat), koʻzgulinzali va b. koʻrinishda boʻlishi mumkin.

Quyosh nurlarini toʻplab, undan foydalanishga urinish qadimdan maʼlum. Mas, Arximed, fransuz olimlari T. P. Byuffon va A. L. Lavuazyening yondirish qurilmalari, keyinchalik har xil shakldagi G.lar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda diametri 10 m li paraboloid koʻrinishidagi G. 1946 yilda yaratilgan. Shundan keyin Fransiya, AQSH va Yaponiyada ham xuddi shunday paraboloid G.lar yasaldi. Ular bir-biridan diametri bilan farq qilardi, xolos. Keyinchalik koʻzgularning umumiy yuzasi 20 ming m2 ga yetadigan yirik G. ham paydo boʻldi. G. quyosh issiqlik-kuch qurilmalari, quyosh energetika kurilmalari va b.da qoʻllaniladi. Paraboloid G. yordamida hosil qilinadigan eng yuqori energiya zichligi 35-YU3 kVt/m2 (Quyosh sirtida nur energiyasi zichligi 74-YU3 kVt/m2) (yana q. Geliotexnika, Gelioqurilma).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil