Quyosh batareyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyosh batareyasi — yarimoʻtkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai; quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyasi Elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Dastlabki quyosh elementini 1953—54 yillarda AQSH olimlari G.Pirson, K.Fuller va D.Chapinlar ishlab chiqishgan.

Quyosh batareyasining quvvati yarimoʻtkazgich materialiga, quyosh elementining konstruktiv xususiyatiga va batareyadagi elementlar soniga bogʻliq. Quyosh ele-mentlari tayyorlashda kremniy §1, galliy Oa, mishyak Az, kadmiy Syo, oltingugurt 5, surma 8, tellur Te asosidagi materiallardan foydalaniladi. Quyosh batareyasi odatda usti yaltiroq qopla-mali yassi panel koʻrinishidagi quyosh elementlaridan tayyorlanadi. Batareyadagi quyosh elementlari soni bir necha ming donagacha, panelining sathi oʻnlab m2, tok kuchi yuzlab a, kuchlanishi oʻnlab V, generator quvvati bir necha oʻn kVt gacha boradi.

Q.6., asosan, kosmonavtikaaa, Yer sunʼiy yoʻldoshlari apparatlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda foydalaniladi. Yerda esa Quyosh batareyasi koʻchma avtomat radiostansiyalari va radiopriyomniklarda tok manbai sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish masalalari bilan Oʻzbekiston FA Fizika-texnika institutipya. shugʻullaniladi.